Toshkentda zamonaviy muz saroyi quriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFestival figurnogo kataniya v chest Mejdunarodnogo jenskogo dnya
Festival figurnogo kataniya v chest Mejdunarodnogo jenskogo dnya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda qishki sport turlari uchun zamonaviy muz saroyi quriladi. Saroyda qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, korling va boshqa sport turlari) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish mo‘ljallangan.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. “Toshkent shahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari majmuasini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Otkritie Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Humo Arena"sining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:

a) Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” MChJ, “Alpomish savdo qatorlari” MChJ va “O‘zcharmsanoati” uyushmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish;

b) “O‘zko‘rgazmasavdo” MChJning tegishli mol-mulklari va boshqa vositalari, shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlari bilan birgalikda (ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno), “O‘zagroeksport” AJga qo‘shish hamda “O‘zagroeksport” AJ ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) davlat ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirish;

v) bino va inshootlar joylashgan hududda qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, korling va boshqa sport turlari) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazma hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi hamda savdo, xizmat ko‘rsatish va ta’lim muassasalari obyektlari majmuasini barpo etish loyihasini (investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun “nol” xarid qiymatida “New Universal Development” MChJga (investor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Investor bino va inshootlar negizida va unga tutash hududlarda qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, korling va boshqa sport turlari) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazma hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi hamda savdo, xizmat ko‘rsatish va ta’lim muassasalari obyektlari majmuasini barpo etib, to‘liq ishga tushirish uchun kamida 100,0 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish; kamida 120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishi qayd etilgan.

Loyihada aytilishicha, qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, korling va boshqa) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil qilish 2020-yil 1-sentabrga qadar yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 15-martda Toshkent shahrida "Humo Arena" ko‘p tarmoqli sport saroyining ochilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tgandi. Majmuaning 12 ming 500 o‘rindan iborat asosiy maydoni transformatsiya usulida qurilgan bo‘lib, qisqa vaqtda uni qayta jihozlash, o‘rindiqlar sonini oshirish yoki kamaytirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0