Dunyoda

Jirinovskiy koronavirus haqidagi yolgʻon xabar uchun oʻlim jazosini joriy etishni taklif qildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishRukovoditel fraktsii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vыstupayet na plenarnom zasedanii Gosdumы RF.
Rukovoditel fraktsii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vыstupayet na plenarnom zasedanii Gosdumы RF. - Sputnik Oʻzbekiston
LDPR yetakchisi Rossiyada koronavirus haqidagi yolgʻon xabar tarqatganlar uchun vaqtincha oʻlim jazosini joriy etish taklifini bildirdi.

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy koronavirus haqida yolgʻon xabar tarqatayotganlar uchun qatʼiy choralar joriy etishni taklif qildi.

Vitrina kitayskogo kafe na odnoy iz ulits Milana - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
XXI asr vabosi: oʻlmasak nima boʻladi

“Mamlakatda vahima uygʻotadigan notoʻgʻri xabarlar boʻlmasligi uchun koronavirusga nisbatan soxta xabar tarqatganlik uchun vaqtinchalik oʻlim jazosini joriy etish kerak”, - deya Jirinovskiy soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Uning soʻzlariga koʻra, qatʼiy choralar lozim, ular esa yoʻq.

COVID-19

2020 yilning 3 mart holatiga koʻra, dunyo boʻyicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 90 926 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirus 64 mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan keyin Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 3124 kishi vafot etgan va 47 871 nafari esa tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala