AQSH va “Tolibon” radikal harakati 29 fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afgʻonistondan amerika qoʻshinlari chiqarilishini hamda afgʻonlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi. Hujjatga muvofiq, AQSH Afgʻonistondagi qoʻshinlari sonini 135 kun davomida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha qisqartirish majburiyatini oladi. “Tolibon” kelgusida zoʻravonlikdan oʻzini tiysa, amerikaliklar 14 oy davomida oʻz kuchlarini va NATO kuchlarini olib chiqishni davom ettiradilar. “Tolibon” ushbu harakatlarga javoban afgʻon hududidan AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishdan voz kechishi lozim.
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oʻrganish Markazi direktori Semyon Bagdasarov AQSH prezidenti Donald Tramp saylovlar arafasida u buyuk tinchlik oʻrnatuvchi ekanligini va bitim tuzish orqali oʻz vaʼdalarini bajarishini namoyish etishga qaror qilgan deb hisoblaydi.
Ekspertning fikriga koʻra, Donald Tramp amerikaliklar Afgʻonistondagi oʻz vazifalarini hal qilib boʻlganligini koʻrsatishga qaror qilgan.
“Agar 14 oydan keyin Amerika qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etsa, unda bir yoki ikki yildan keyin “Tolibon” Kobulda boʻladi. Ular Afgʻoniston hududining 70 foizini nazorat qilmoqdalar”, - dedi u Sputnik efirida.
Uning fikricha, amerikaliklarning Afgʻoniston hududida boʻlishi allaqachon ramziy ahamiyatga ega va qoʻshinlarning olib ketilishi toliblarga mamlakatning qolgan qismi - Kobulni nazoratga olishga imkon beradi.
Tramp Afgʻonistondan qoʻshinlar kechiktirilmay olib chiqilishini maʼlum qildi
Bogdasarov, shuningdek, istilo kuchlar Afgʻonistonni tark etgandan soʻng, toliblar mamlakat ichida qandaydir qattiq rejim oʻrnatishi mumkinligini taxmin qildi.