Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

Obuna bo‘lish
Buxoro shahar faollarining yig‘ilishda O‘tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Buxoro shahar faollarining yig‘ilishda O‘tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot xizmati xabar qildi.

O‘tkir Jumayev bugunga qadar Buxoro shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Nargiza Nematova naznachena na doljnost i. o. xokima Alatskogo rayona Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatining uchta tumanida hokimlar o‘zgardi

Jumayev mehnat faoliyatini 1997-yilda “Buxorosuvqurilish” aksionerlik jamiyatining 37-son ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish bo‘limi muhandisligidan boshlagan. Keyinchalik u “Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat korxonasi direktori (2009-2010), “Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori (2011-2012), “KNAUF GIPS BUXORO” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona o‘quv markazi boshlig‘i (2012-2015), “KNAUF GIPS BUXORO” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2015-2019) lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi. Avvalroq esa Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0