Jamiyat

Davlat xizmatchilari nutq madaniyati oshiriladi: Toshkentda yangi markaz ochildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka oʻtishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida vazirlik va idoralar, hokimliklar va xoʻjalik birlashmalari xodimlari pulli shartnoma asosida oʻqitiladi.

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkentda davlat tilida ish yuritish boʻyicha markaz tashkil etildi. Uning asosiy vazifalaridan biri davlat xizmatchilari va aholining nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oshirishdir.

Qarorga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti OTMlarda oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasini takomillashtirish, ushbu fan oʻqituvchilarining malakasini oshirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha tayanch OTM etib belgilandi.

Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga hamda hududlardagi davlat universitetlari va pedagogika institutlari huzurida boʻlinmalarga ega boʻlgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi.

“Davlat xizmatchilari va aholining nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oshirish, davlat tilida ish yuritish boʻyicha kurslar tashkil etish markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi”, - deyilgan hujjatda.

Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida vazirlik va idoralar, hokimliklar va xoʻjalik birlashmalari xodimlari pulli shartnoma asosida oʻqitiladi.

Mujchina zastegivayet portfel - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir tayinlandi

Taʼkidlanishicha, ishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan tinglovchilarning asosiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab davlat universitetlari va pedagogika institutlarida oʻzbek tili va adabiyoti bakalavriat yoʻnalishida sirtqi va kechki taʼlim shakli tashkil etiladi. Universitetda  “Sinxron tarjima” va  “Kompyuter lingvistikasi” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, 2020 yildan boshlab "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiyasi tanlovlarini oʻtkazishda oʻzbek tili metodikasi sohasi inobatga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0