Dunyoda

Idlibda jangarilar oʻz kimyoviy qurolini qoʻllashda zaharlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishSituatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, buning inkor qilib boʻlmaydigan dalillari bir kun oldin Suriya qoʻshinlari tomonidan “Hayat Tahrir ash-Shom”* guruhi jangarilariga hujum qilganida olingan.

TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Terrorchilar Idlib deeskalatsiya hududining sharqiy qismida kimyoviy qurol ishlatib, provokatsiya uyushtirishni rejalashtirishgandi. Bu haqda RIA Novosti Suriyadagi urushayotgan tomonlarning yarashtirish markazi (TSPVS) xabariga tayangan holda xabar qildi.

Ximicheskaya zaщita - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Suriyada soxta kimyoviy hujum uyushtirilganini isbotladi

Taʼkidlanishicha, buning inkor qilib boʻlmaydigan dalillari bir kun oldin Suriya qoʻshinlari tomonidan “Hayat Tahrir ash-Shom”* guruhi jangarilariga hujum qilganida olingan.

“Suriya hukumati kuchlarining Serakibning gʻarbiy qismida harakatlanishiga xalaqit berish va keyinchalik ularni kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblash maqsadida 2 martga oʻtar kechasi 15 kishigacha boʻlgan bir guruh terrorchilar zaharli kimyoviy moddalar bilan toʻldirilgan idishlarni portlatishga urinishdi”, - deyilgan xabarda.

Suriyadagi urushayotgan tomonlarning yarashtirish markazi (TSPVS) maʼlumotlariga koʻra, jangarilar idishlarning birini zichligini buzgan va kimyoviy moddalar sizib chiqishi sodir boʻlgan.

Sotrudniki OZXO v shtab-kvartire organizatsii v Gaage, Niderlandы - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
OZXO mojarosi – Gʻarbning oʻzidan oʻzi hal boʻlib ketmaydigan muammolarining aksi

“Natijada terrorchilar oʻq-dorilarni portlata olmay hamda provokatsiyani amalga oshira olmay, kuchli kimyoviy zaharlandilar", - deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Markazda, shuningdek, harbiylar voqeani tasdiqlovchi barcha maʼlumotlarga ega ekanligini va yaqin kelajakda eʼlon qilinishini taʼkidladilar.

Idlibda vaziyat “Hayat Tahrir ash-Shom”* terrorchilari 27 fevralda Suriya hukumat kuchlariga qarshi keng koʻlamli hujumni boshlagandan keyin keskinlashdi. Suriya armiyasi javob oʻti ochdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala