Analitika

Oʻzbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda

© SputnikUchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike
Uchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yetti yoshli, mental arifmetika bilimdoni Temurbek Respublika fan olimpiadasining “A” kategoriyasi boʻyicha ishtirok etib, 49 soniya ichida 50 ta misol yechishga ulgurdi. Ayni kunda esa u butunjahon xalqaro fan olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrmoqda.

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Temurbek Zufarov - mental arifmetikasi boʻyicha ikkinchi respublika olimpiadasining mutloq gʻolibi. Sputnik muxbiri yosh bilimdon uyida boʻlib, u qanday muhit va sharoitda yashayotganligi bilan tanishdi.

Matematicheskiye formulы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xorazmda xalqaro fizika va matematika maktabi ochiladi

Temurbek Zufarov 2012 yilning 10 may oyida tugʻilgan boʻlib, Uchtepa tumanida joylashgan 75-umumtaʼlim maktabining 1 sinfida oʻqiydi. Uning mental arifmetika faniga boʻlgan qiziqishi va qobiliyati ayni damda koʻpchilikni, oila aʼzolari, oʻqituvchi va tengdoshlarini hayratlantirib kelmoqda. Oila aʼzolarining aytishiga qaraganda u hali maktab yoshiga yetmay turib, turli matematik amallarni mustaqil bajara olgan, atrofdagilarni hayratga sola boshlagan.

Temurbek mental arifmetika sirlarini oʻzlashtirib bormoqda. Yaqinda oʻtkazilgan musobaqada tuman, shahar bosqichida gʻolib boʻldi. Respublika bosqichida ham mental arifmetikaning “A” kategoriyasi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni egallab, jahon olimpiadasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Uning bu yutugʻi esa Uchtepa tumani hokimligi va Xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan xursandchilik bilan qabul qilinib, Temurbek ular tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

© Press-slujba xokimiyata Uchtepinskogo rayona TashkentaUchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike
Oʻzbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Uchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike

“Farzandimning xalqaro musobqalarda muvaffaqiyatli qatnashishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilyapmiz”, – deydi uning onasi Zuhra Zufarova.

Jumladan, yosh ona oʻgʻlidagi arifmetik qobiliyatni qachon va nimalarda payqay boshlaganini esa shunday eslaydi:

Oʻgʻlim Temurbekning 7 yoshdan boshlab Mental arifmetikaga qiziqishi boshlandi. U 75-sonli oʻrta maktabga qatnay boshlaganida mental arifmetika darslarini yaxshi oʻzlashtirib, qisqa fursatda olimpiadalarga chiqishni boshladi. Undagi maktematikaga boʻlgan qiziqish 5-6 yoshligidan paydo boʻlgan. U oʻzicha barmoqlari bilan bir nimalarni hisob kitob qilardi, turli bolalar kartasi, ketka, shaxmat va shashka oʻynab, nechta shaxmat donalarini yutgani-yu, nechtasi qolganini hisoblab oʻtirardi.  Uning dars vaqtlarida matematikadagi oʻzlashtirishi boʻyicha alohida ajralib turganligini his qilgan oʻqituvchilar oʻgʻlimni qoʻllab-quvvatlashga, yuzaga chiqarishga harakat qilishdi. Natijada bolam sekin-asta olimpiadalarga chiqa boshladi. Bundan tashqari u 28 mart kuni Namangan shahrida tashkil etilgan musobaqaga ham oʻz tengdoshlari bilan bellashishga taklif qilindi.  

© Press-slujba xokimiyata Uchtepinskogo rayona TashkentaUchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike
Oʻzbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Uchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike

Men uni qoʻllab-quvvatlayotgan oʻqituvchilari va maktab maʼmuriyatidan juda ham minnatdorman, – deydi quvonib, yosh bilimdonning onasi.

2020 yil 11 yanvarida 2 bosqichli Respublika fan olimpiadasi tashkil etildi. Unda viloyatlararo “A”, “B”, “S”, “D”, kategoriyalari boʻyicha 5 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar qatorida 7 yashar Temurbek “A” kategoriyasi boʻyicha ishtirok etdi. 1-bosqichda yosh bilimdonlarga arifmetik amallarni juda ham tez va toʻgʻri ishlash talabi qoʻyilib, 1 daqiqada 50 ta misol ishlash topshirigʻi berildi. Temurbek ushbu topshiriqni 49 soniyadayoq tez va aniq bajarib, 1-natijani muvaffaqiyatli yakunladi. Shuningdek, olimpiadaning 2 bosqichida ham Temurbek omadni qoʻldan boy bermadi va u tashkil etilgan olimpiadadan faxrli 1 oʻrinni egalladi.

© SputnikUchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike
Oʻzbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Uchenik 1-go klassa shkolы №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnыm pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadы po mentalnoy arifmetike

Onasining aytishicha, hozirgi kunda Temurbekning oldida turgan katta vazifalardan biri butunjahon olimpiadasiga qattiq tayyorgarlik koʻrish va unda yuqori natijani egallashdir.

Buning uchun u haftaning besh kunidan tashqari, shanba va yakshanba kunlarida ham asosiy vaqtini mashgʻulotlarga sarflab, mental arifmetika boʻyicha qoʻshimcha darslarga bormoqda.

Fanga boʻlgan mehri va yuqori qiziqishi sabab, u yoshiga munosib boʻlganidek oʻyinqaroq emas, aksincha mashgʻulotlar uni charchatmaydi va zeriktirmaydi.

5 yasharligidanoq unga berilgan predmetlarning nechtaligi, nechta qolganligini aniq ayta olardi. 6 yasharligida esa unga bemalol u bu narsa xarid qilish uchun qoʻliga pul berib, doʻkonga yubora boshlaganmiz. U boʻlsa, qoʻliga  tushgan puldan sotuvchi unga qancha qaytim berishi mumkinligini avvaldan hisoblab, bizni xayron qoldirardi.

Matematicheskiye formulы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Buxoro viloyatida xalqaro matematika maktabi tashkil etiladi

Matematikaga boʻlgan qiziqish bolamga ikki tomonlama buvisi va bobosidan oʻtgan boʻlsa kerak, deb oʻylayman. Sababi buvisi, yaʼni qaynonam fizik-matematik boʻlib faoliyat yuritganlar. Oʻgʻlimning bobosi, dadam —  esa bosh hisobchi, qolaversa, men ham hisobchi boʻlib ishlayman, – deydi Zuhra oʻgʻlining matematikaga boʻlgan ilk qiziqishi qanday paydo boʻlganligini izohlab.

Zuhra oʻgʻlining sevgan matematikasi bilan shugʻullanishi uchun kun davomida ikki soat vaqt ajratadi. Maktabdan kelgach, ovqatlanib uy ishlariga onasiga qarashgach, u oʻz xohishi bilan sevimli mashgʻulotiga kirishadi.  Asosan berilgan uy vazifalarni maktabning oʻzidayoq bajarib, uyda koʻpincha sevimli mashgʻulotlari bilan shugʻullanishga odatlangan.

Oila aʼzolariga mehribon, ayniqsa singlisini eʼzozlab, uni hech kimga xafa qildirmaslikka harakat qiladigan jonkuyar va oqkoʻngil bola.

"Fan olimpiadasidan soʻng, 11 fevral kuni gʻolib bolalarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻsha kuni qiziq voqea yuz berib, taqdirlash marosimida mening oʻgʻlim bilan birga uch nafar Temurbek ismli bolalarning oʻz kategoriyalari boʻyicha gʻolib boʻlganliklariga guvoh boʻldik. Temur ham bu holatni hayrat bilan qarshi oldi. Umuman Temur sarkarda bobomiz Amir Temurni yaxshi koʻradi, uning tarixi, ota-onasi va farzandlari haqida oʻqishga qiziqadi. Balki bu oʻqituvchilari tomonidan  Amir Temur haqida qiziqarli ibratli hikoyalarni eshitganligi uchundir, har holda men bu holatni oʻgʻlimning ajdodlaridan shijoat olayotganligiga yoʻyaman," – deydi yana Zuhra faxrlanib.

RGPU imeni Gertsena - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yana bir Rossiya oliygohi filiali ochiladi

Buvisining aytishiga qaraganda Temur kelajakda vazir boʻlishni maqsad qilgan. Oila aʼzolari uning matematikaga boʻlgan qiziqishidan kelib chiqib, balki moliya vaziri boʻlishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Uning ushbu orzu-niyatlariga erishishi uchun esa, imkon qadar ota-onasi tomonidan yetarli barcha shart-sharoitlar bilan taʼminlanmoqda.

Temurbek oʻz noutbuki va mobil apparatidagi oʻrnatilgan maxsus zamonaviy dasturlar orqali arifmetik amallarni bajarib turadi. Bundan tashqari arifmetika kitoblari, turli sanoq va hisoblagich buyumlari (Abakus) va turli tuman ruchkalar bilan taʼminlangan.

Darvoqe, Temurbek turli tuman ruchkalar kollektsiyasini toʻplashni boshlagan, hozirda uning ruchkalari 30 ga yaqin yigʻilgan. Bundan tashqari uning shanba va yakshanba kunlari qoʻshimcha darslarga borishi, fan olimpiadalariga roʻyxatdan oʻtishi va barcha moliyaviy masalalarda otasi qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

Bilimdon matematikning diqqatini bir joyga jamlashi uchun uyda tinch muhit yaratilgan.

"Yaxshi natijalarga erishganimda menga onam va dadam oʻzim sevib isteʼmol qiladigan shirinlik va  sharbatlar, foydalanishim uchun kitob va elektron buyumlar bilan ragʻbatlantirishadi," - deydi Temurbek bolalarcha samimiylik bilan.

Oʻzbekiston va MDH uchun Rossiya taʼlimi: filial, kvota va stipentsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekiston va MDH uchun Rossiya taʼlimi: filial, kvota va stipendiya

Shuningdek, oʻzining aytishicha, u boʻsh vaqtlarida oʻgʻil bolalar raqsi, qoʻshiq kuylash, sheʼr aytishni yaxshi koʻradi. Sportning karate turi bilan esa muntazam shugʻullanib keladi.

Quyida esa u haqda buvisi Jamila Zufarova samimiy va iliq soʻzlarni ayta turib, nabirasining kelajagi porloq boʻlishiga umid bildirmoqda:

"Temurbek juda qobiliyatli va tirishqoq bola. Maktabda mental arifmetika, ingliz va rus tillarida (qoʻshimcha) darslarga qatnamoqda. Sentyabr oyidan boshlab esa u mental arifmetika bilan shugʻullana boshladi va atigi uch oy ichida yaxshi natijaga erishdi. 2-Respublika olimpiadasida gʻolib boʻlib, birinchi oʻrinni egalladi. Mening nabiram Olimpiadada gʻolib boʻlganidan juda gʻururlanaman, unga yanada katta muvaffaqiyatlar tilayman. Uning joriy yilning 2 may kuni Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan olimpiadada ishtirok etishi kutilmoqda, u yerda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafar oʻquvchilar ishtirok etadi. Aprel oyida butunjahon xalqaro olimpiada boʻlib oʻtadi. Ammo mamlakatda koronavirus tufayli ogʻir vaziyat hukmronligi bois, olimpiada onlayn tarzda oʻtkazilishiga qaror qilindi. Umid qilamanki, nabiram bu yerda munosib faxrli oʻrinni egallaydi," – deydi baxtiyor buvi.

© SputnikBabushka Temurbeka Zufarova - Jamila Zufarova
Oʻzbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Babushka Temurbeka Zufarova - Jamila Zufarova
Yangiliklar lentasi
0