Jamiyat

Oʻzbekiston va AQSH qoʻshma harbiy mashgʻulot oʻtkazdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbeksko-tadjikskiye ucheniya na poligone Gurumsaroy
Uzbeksko-tadjikskiye ucheniya na poligone Gurumsaroy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Boʻlib oʻtgan “Yengilmas soqchi ‒ 2020” oʻquv mashgʻulotlarining asosiy maqsadi har ikki davlatning xavfsizligini taʼminlash borasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat boʻlgan.

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Jizzax viloyatining “Forish” togʻ poligonida Oʻzbekiston-Amerika “Yengilmas soqchi ‒ 2020” qoʻshma oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.

Vertoletы nanosyat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Tsentr-2019. - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Markaz-2019" mashgʻulotlarining pinhona maʼnosi va real yakunlari: Gʻarb nega bezovtalandi

24 fevral kunidan 2 mart kuniga qadar Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi va Qurolli kuchlarining tegishli tuzilmalari va AQSH Qurolli kuchlarining Markaziy qoʻmondonligi bilan hamkorlikda qoʻshma aksilterror mashqlari oʻtkazilgan.

“Boʻlib oʻtgan “Yengilmas soqchi ‒ 2020” oʻquv mashgʻulotlarining asosiy maqsadi har ikki davlatning xavfsizligini taʼminlash borasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan inqirozli vaziyatlarda tegishli choralarni koʻrish borasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish darajasini oshirishdan iborat boʻldi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, hamkorlikda oʻtkazilgan oʻquv mashqlari kelgusida har ikki mamlakat harbiy xizmatchilari turli xavf-xatarlarga duch kelganlarida tezkor va aniq qaror qabul qilishlari va ularning oldini olishlariga, shuningdek, birgalikdagi uyushqoq harakatlarni amalga oshira olishlari uchun xizmat qiladi.

Ministr oboronы RF Sergey Shoygu na poligone Donguz, gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya Tsentr-2019. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shoygu oʻzbek harbiylarini taqdirladi

Shu bilan birga Oʻzbekiston nafaqat amerikaliklar, balki oʻzining yaqin qoʻshnilari bilan ham faol oʻquv mashqlarini oʻtkazmoqda. Masalan, 2019 yil sentyabrida “Markaz-2019” xalqaro oʻquv mashqlari boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston va Hindistondan harbiylar ishtirok etdi.

“Gʻurumsaroy” dala-oʻquv maydonida oʻzbekistonlik va tojikistonlik harbiylar ishtirokida "Markaz – 2019" doirasida oʻtkazilgan  qoʻmondonlik-shtab strategik oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0