IIV bir ayolning sochini yulib, uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan fuqaroni qidirmoqda

CC0 / pixabay / Devushka v pole
Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol boshqa bir ayolni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, uni sochidan tortib urayotgani tasvirlangan videolar keng tarqalmoqda.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan navbatdagi “samosud” holatini surishtirmoqda va aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish maqsadida fuqarolarga murojaat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol boshqa bir ayolni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, uni sochidan tortib yuzlariga qo‘li bilan urayotgani tasvirlangan videolar keng tarqalmoqda.

IIV xabariga ko‘ra, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra bugungi kunga qadar ichki ishlar organlari Navbatchilik qismlariga videoda tasvirlangan holatlar yuzasidan hech kim murojaat qilmagan.

“Aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida, Sizdan videoda tasvirlangan holat yuzasidan asosli ma’lumotga ega bo‘lsangiz, telegram orqali @muloqot_maydoni manzili yoki telefon orqali 71 231 34 68 raqamiga xabar qoldirishingizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.

Toshkent IIBB internetda keng tarqalgan “Qo‘yliq” bozoridagi “samosud”ga izoh berdi

Vazirlik xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0