Dunyoda

Xavfli boʻlishi mumkin: nevrolog xurrak otishning salbiy oqibatlari haqida

CC0 / pixabay / Devushka v posteli. Illyustrativnoye foto
Devushka v posteli. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Nevrolog-shifokor Mixail Tardov xurrak otishning salbiy oqibatlari haqida toʻxtaldi. Uning fikriga koʻra, bu ayniqsa – haydovchilar va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlaydigan kishilarga xavfli boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Xurrak otish uxlayotgan odamning ham, sherigining sogʻligʻiga ham salbiy taʼsir qiladi, deydi nevrolog, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Tardov.

Sbor urojaya risa  - Sputnik Oʻzbekiston
Uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlar qaysiligi aytildi

“Xurrak tovushi uyquni buzishi mumkin. Bu yetarli darajada dam olmaslikka olib keladi, kun davomida uyquchilikni kuchaytiradi, bu ayniqsa – haydovchilar va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlaydigan kishilarga xavfli boʻlishi mumkin”, - deydi shifokor.

Uning soʻzlariga koʻra, ayro uyqu muammoni hal qilishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, xurrak otuvchi kishiga yaqin boʻlganlar oʻzlarining sheriklarida tizimli nafas olish tizimining buzilishi - apneani sezmay qolishi mumkin. Xurrak koʻpincha ushbu kasallikning paydo boʻlishi haqida ishora beradi, taxminan 25 foiz odamlarda bu kasallikning alomatlari mavjudligi gumon qilinadi.

Shifokor xurrak otishdan aziyat chekayotganlar tibbiy tekshiruv uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala