Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani nega oʻzgarishsiz qoldirganini izohladi

© Baxodыr MamadjanovTsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan
Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu qaror narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishi hamda koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohlangan.

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 5 martdagi qarori bilan asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Inflyatsiyani past darajada ushlab turish uchun MB nima qilmoqchi?

“Ushbu qaror tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishi hamda koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohlanadi”, - deyilgan xabarda.

Markaziy bank hisob-kitoblariga koʻra, inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda 2020 yilning ikkinchi yarmida tariflar oʻsishining inflyatsiyaga taʼsiri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala