Dunyoda

Putin va Erdogʻan yakkama-yakka muzokarasi ikki soat davom etmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident Turtsii Tayip Erdogan beseduyet s prezidentom Rossii Vladimirom Putinыm, vstrecha v Kremle.
Prezident Turtsii Tayip Erdogan beseduyet s prezidentom Rossii Vladimirom Putinыm, vstrecha v Kremle. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Tayyip Erdogʻan oʻrtasidagi muzokara ikki soat davom etmoqda.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Toyyib Erdogʻan oʻrtasidagi muzokaralar ikki soat davom etmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Turetskuyu Respubliku - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Erdogʻan nufuzli delegatsiya bilan Moskvaga yetib keldi

Rossiya yetakchisi taʼkidlaganidek, prezidentlar yakka-yakka tartibda muloqotni boshlaydilar va kerak boʻlganda turli idora vakillari jalb qilinadi.

Putin va Erdogʻan Idlibdagi vaziyatni yechish borasida kelishib olishga harakat qilishi kutilmoqda.

Rossiya rahbari Suriyadagi turk askarlarining halok boʻlgani uchun hamdardlik bildirdi.  Uning soʻzlariga koʻra, vaziyat bevosita shaxsiy suhbatni talab qiladi.

Oʻz navbatida Erdogʻan muzokaralar natijasida Idlibdagi vaziyat osonlashishiga ishonch bildirdi.

Ilgari Moskva va Anqarada Rossiya-Turkiya muzokaralarining uch marta ekspertlar darajasida oʻtkazilgan, ammo kelishuvga erishishga muvaffaq boʻlmadi.

Eslatib oʻtamiz, 27 fevral kuni "Xayyat Taxrir ash-Sham" terrorchilar guruhi Suriya qoʻshinlariga yirik masshtabli hujum boshlagan edi. Suriya armiyasi bunga javoban jangarilar joylashgan hududlarni oʻqqa tutgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, jangarilar bilan bir qatorda, turk harbiylari bu hududda boʻlmasligi kerak edi. Voqeada 36 nafar turk askari halok boʻldi, 30 dan ortiq jarohatlandi.

Bunga javoban Anqara Suriyada yangi “Bahorgi qalqon” deb nom olgan harbiy amaliyotni boshlanishi haqida eʼlon qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala