Dunyoda

Qozogʻiston COVID-19 avj olgan mamlakatdan kelganlarni chiqarib yuborishga tayyor

© Flickr / Alex J. ButlerFlag respubliki Kazaxstan
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston SSV vazirining taʼkidlashicha, 4 mart kuni mamlakatga BAAdan bortida ikki nafar Xitoy fuqaro boʻlgan samolyot kelgan. Ular izolyatsiya qilinib, keyin Xitoyga joʻnatib yuborilgan.

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Qozogʻiston COVID-19 avj olgan mamlakatdan kelganlarni oʻz hududidan chiqarib yuborishga tayyor. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov maʼlum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakatlar roʻyxatiga kirdi

“Himoya maqsadida shunday mamlakatlardan kelgan yoki xavfli (koronavirus boʻyicha - Sputnik.) mamlakatlarda boʻlganlarni chiqarib yuborishga haqlimiz va chiqarib yuborishni amalga oshiryapmiz”, - dedi Birtanov matbuot anjumanida.

Qozogʻistonlik vazirning taʼkidlashicha,  4 mart kuni mamlakatga BAAdan bortida ikki nafar Xitoy fuqaro boʻlgan samolyot kelgan. Ular izolyatsiya qilinib, keyin Xitoyga joʻnatib yuborilgan.

COVID-19

2020 yilning 5 mart holatiga koʻra, dunyo boʻyicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 96 mingdan oshgan. Koronavirus 70dan ziyod mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan keyin Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 3303 kishi vafot etgan va 53 429 nafari esa tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala