Siyosat

Putin va Erdogʻan uchrashuvining natijalari maʼlum boʻldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turtsii R. Erdoganom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turtsii R. Erdoganom - Sputnik Oʻzbekiston
Idlibda oʻt ochishni bekor qilish rejimi kuchga kiradi, Rossiya va Turkiya M4 trassasini birgalikda nazorat qiladi.

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Kecha Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyip Erdogʻanning muzokaralari boʻlib oʻtgan edi. Olti soat davom etgan muzokaralar ikkala tomon uchun ham oddiy boʻlmadi. Ularning natijalari bilan batafsil RIA Novosti materialida tanishib chiqamiz.

Moskovskix Kreml  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Erdogʻan muzokaralarining dastlabki tafsilotlari maʼlum boʻldi

Dastlabki va eng asosiy natija – bu Idlibda tinchlik oʻrnatishga kelishib olindi. 5 martdan 6 martga oʻtar kechasi Idlibda oʻt ochishni bekor qilish tartibi kiritiladi.

Ikkinchidan, Suriya armiyasi oʻzining hozirgi pozitsiyalarida qoladigan boʻldi. Yaʼni M5 trassasi boʻylab toʻliq nazorat endi Turkiya hukumatiga oʻtdi.

Uchinchidan, Suriyadagi Aleppodan Latakiyaga boruvchi M4 trassasidan janub va shimolga kengligi 6 kilometr boʻlgan xavfsizlik koridori tashkil qilinadi. Rossiya va Turkiya 15 martdan boshlab M4 trassasi boʻylab birgalikda patrul nazorati oʻrnatadi.

Toʻrtinchidan, Turkiya tomonidan oldin turli agressiv bayonotlar bilan chiqishiga qaramasdan, muzokaralar davomida hech qanday ultimatum qoʻyilmadi. Bu, Turkiya Suriya muammosini hal qilishda  Rossiyaning ishtirokini toʻliq qabul qilishidan darak beradi.

Va beshinchidan, ushbu muzokaralar boʻlib oʻtishi va ijobiy natija bilan yakunlanishi -  hech qanday tashqi kuchlar Moskva va Anqarani urishtira olmasligini koʻrsatdi. Buni yana bir muhim yutuq deyish mumkin.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Turetskuyu Respubliku - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Erdogʻan nufuzli delegatsiya bilan Moskvaga yetib keldi

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Ostona shahrida Rossiya, Eron, Turkiya va Suriya orasida erishilgan kelishuvlarga koʻra, Suriya hududi 4ga boʻlingan edi. 2018 yil davomida ulardan 3tasi Damashq nazorati ostiga oʻtdi. Idlib viloyatida joylashgan 4- hudud esa haligacha terrorchilar qoʻl ostida qolmoqda.

2018 yilning sentyabr oyida Rossiya va Turkiya Idlibda demilitarizatsiya qilingan hudud tashkil qilishga kelishib olishgan edi. Lekin Turkiya Sochida kelishilgan Suriya boʻyicha tinchlik shartnomasining bir necha boʻlimlarini bajara olmagan. Xususan, Idlib hududidagi qurollangan muxolifat guruhlarini terrorchilardan ajratib olmagan.

Vaziyat keskinlashishiga, 27 fevral kuni "Xayyat Taxrir ash-Sham" terrorchilar guruhi Suriya qoʻshinlariga yirik masshtabli hujum boshlagani sabab boʻlgan edi. Suriya armiyasi bunga javoban jangarilar joylashgan hududlarni oʻqqa tutgan. Ushbu otishmada 36 nafar turkiyalik harbiylar qurbon boʻlgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, jangarilar joylashgan hududda Turkiya askarlari boʻlmasligi kerak edi. Shundan soʻng Turkiya dronlar toʻdasidan foydalanib Suriya armiyasining bir necha nishonlarini yoʻq qilgan. Rossiya harbiylari ushbu toʻqnashuvlarda ishtirok etmagan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala