TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Moskvada koronavirus bilan kasallangan birinchi rossiyalikka davolangandan soʻng javob berildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Avvalroq Moskva merining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor tuzalib ketgani va tez orada unga javob berilishini maʼlum qilgan edi.
Aniqlik kiritilishicha, gap Rossiya futbol ittifoqi aʼzo David Berov haqida bormoqda.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Rospotrebnadzor Moskvadagi birinchi koronavirus yuqtirish holati haqida 2 mart kuni xabar qilgan edi. Oʻshanda Italiyadan qaytgan moskvalikda koronavirus aniqlangan.
Rossiyada jami 10 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan. Ulardan ikkitasi Xitoy fuqarolari, 7 tasi Italiyadan qaytgan rossiyaliklar, yana bittasi esa Italiya fuqarosida aniqlangan. Ikki nafar xitoylikka javob berilgan. Uch nafar Yaponiyadagi Diamond Princess sayohat kemasidan evakuatsiya qilinganlar shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.