Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi

© SputnikTaniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Taniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Do‘stlik” ordeni sohibasi Nodira Oripovaning shaxsiy ko‘rgazmasidan o‘rin olgan serqirra 50 ta sara asarlar zalning asosiy qismini to‘liq egalladi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Do‘stlik” ordeni sohibasi, taniqli rassom — Nodira Oripovaning ijodiy namunalari  jamlangan “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tasviriy san’at ixlosmandlari qatorida rassomning yaqinlari, turmush o‘rtog‘i va farzandlari, ustozi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi akademik rassom — Yanis Salpenkidi, rassomlardan Ibrohim Valixodjayev,  Mirtoza Ergashev, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, badiiy kengashi a’zosi san’atshunos Lyudmila Kodzayeva, san’atshunos Asqarali Sulaymonov hamda OAV xodimlari tashrif buyurishdi.

© SputnikTaniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Nodira Oripovaning shaxsiy ko‘rgazmasidan o‘rin olgan serqirra moybo‘yoq texnikasida ishlangan rangtasvir 50 ta sara asarlar zalning asosiy qismini to‘liq egalladi. Rassom ijodining avvalroq yaratgan bir necha suratlarini aytmaganda, ko‘rgazmadan uning asosan oxirgi uch yil davomida yaratgan yangi asarlari o‘rin oldi.

Ular orasida rangtasvirning natumort janrida ishlangan anorlar va gullar, peyzaj janrida ishlangan manzaralar, portret janrlarida ishlangan ayollar timsoli va ular xarakteri bir necha kartinalarda turli ruhda aks ettirilgan bo‘lib,  bir-birini mutlaqo takrorlamaydi.

Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi

Musavvir ko‘rgazmaning nega aynan “Arosiyob malikalari” deya nomlanganligi yuzasidan to‘xtalarkan, shunday deydi:

- Ko‘rgazmaning “Afrosiyob malikalari” deya nomlanishining  sababi oddiy, o‘zim asosan Afrosiyob devoriy suratlari, qolaversa, sharq miniaturalaridan ilhomlanishimdadir. Ularga agar diqqat bilan nazar tashlasangiz, ayollar timsoli hurmat bilan, chiroyli liboslar va taqinchoqlar bilan tasvirlanadi. Bundan sharqda qadimdanoq ayollarga yuksak hurmat bilan qaralganligini sezaman. Aynan shu an’anani  esa o‘z ijodimda aks ettirishga urindim, - deydi rassom.

Uning fikricha, “Afrosiyob go‘zallari” aks etgan qadimiy suratlarning ruhi juda baland bo‘lib, u tomoshabin ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi.

- Mendan oldin ham Afrosiyob go‘zallarini chizgan bir ikki rassomlar bo‘lgan. Masalan, rassom Aleksandr Turinning qaysidir asarida qisman bu ifodalanganligi yoki boshqa bir rassomlarning oq-qora grafika chizgilari ishida ham ko‘rgan bo‘lishim mumkin, ammo o‘zimga kelsak, Afrosiyob go‘zallari xarakteri, ular ichki dunyosini to‘liqroq, turli ranglar orqali ochib berishga harakat qildim, – deydi yana u. 

Uning yana aytishicha, rassom o‘ziga ilhom bag‘ishlaydigan qadimiy “Afrosiyob go‘zallari” ifodalangan devoriy chizgilarini o‘tmishda ayol kishi chizgan deb o‘ylaydi. Shu bois ushbu o‘ylarini Afrosiyobning bitta go‘zali timsolida aks ettirishga uringan.

© SputnikTaniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Rassomning asarlari ko‘rgazmasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasida ikkinchi bor o‘tkazilib, bu galgisi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘zbek ayollariga tuhfa sifatida tashkil etildi.

Bugungacha uning kartinalari Xitoy, Koreya Turkiya, Fransiya, Germaniya, Belgiya davlatlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.

Rassomning ko‘rgazmaga tashrif buyurgan turmush o‘rtog‘i oddiy tomoshabin sifatida o‘z tassurotlarin shunday ifodaladi:  

- Ijodkor Nodira Oripovaning suratlarida milliylik va zamonaviylik ruhining uyg‘unligini ko‘rish mumkin.  Uning har bir chizilgan asarlarining yaratilish tarixi haqida xabardor bo‘lganligim bois, aytishim mumkinki, bu juda murakkab ijodiy jarayon bo‘ldi va shu jarayonni Nodiraxon sabr bilan bosib o‘ta oldi. Boshqa rassomlarning ijodiga ahamiyat bersak, ular ijodida ko‘p ham ayollar tarixi haqida gapiruchi suratlar uchramaydi. Nodiraxon ishlagan kartinalarning qiziq jihati shundaki, u ilk marotaba ko‘rib turgan tomshabin uchun ham tushunarli va sodda tarzda ifoda etilgan.

Qolaversa, o‘zi ayol bo‘lganligi uchun, suratlarida ham ayollar obraziga ko‘proq to‘xtalib, ular xarakteri va sirlarini ochib berishga harakat  qilgan, – deydi Toshkent arxitektura va qurilish institutining tasviriy san’at kafedrasi mudiri, dotsent Ziyodulla Bobomurodov.

- Nodira opamni nafaqat rassom sifatida balki tipik o‘zbek ayoli sifatida anchadan beri taniyman. Albatta, rassomlar haqida gapirganda ular ifodalagan ranglar yoki mavzular haqida gapiramiz. Masalan, menga yoqqan mana bu kartinasiga kelsak, unda sharq ayolining xarakteri, ichki dunyosi va kechinmalari aks etib turibdi. Ko‘rib turganingizdek, qo‘lini duoga ochib, Yaratgandan farzandining sog‘-salomat tug‘ilishini so‘rab niyat qilayotgan o‘zbek ayolining timsoli... Rassom ayolning ayni damdagi ruhiyati va qilayotgan niyatlarini sof ko‘k rangda, u aks etib turgan muhit fonidagi rang bilan chambarchas ifodalashga harakat qilgan. Bilmadim, balki men  bu kartinani shunaqa ko‘rayotgandirman, ammo kartinalar mazmuni va uning ifodasini har bir tomoshabin o‘zicha qabul qiladi.

© SputnikTaniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Yoki mana bu ayol surati fonidagi tarixiy obidalarni qarang, hammasi joy-joyida ifodalangan ammo tugallanmagan. Jumladan, suratlardagi bu uzilishlarda ham ma’no bor.

© SputnikTaniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Shunday bo‘lgani ham ma’qul, sababi devordagi g‘ishtlar ko‘rinishi, ayna mana shu yetishmovchilik kompozitsion yaxlitlikni tashkil qilmoqda. Shu bilan biz zerikmaymiz, deya tahlil qiladi. Aytish mumkinki, agar bu ifodalarni rassom to‘liq ishlaganida, biz mana bu binolarni hozir ko‘rib turmagan bo‘lardik, – deya tahlil qildi O‘zbekiston badiiy akademiyasi rassomlar uyushmasi a’zosi, me’mor va rassom Shavkat Muzaffar.

Nodira Oripova Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib, o‘sgan. Vataniga bo‘lgan sof mehri va iliq tuyg‘ulari sabab ehtimol, ayrim asarlari fonida afsonaviy shahar — Samarqandning aksini ko‘rish mumkin.

© SputnikToshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi

Ayrim go‘zallarning liboslarida turli taqinchoqlar, zebigardonlar, xilma-xil rangdagi shoda va marjonlarning tabiiy donalaridan foydalanilgan bo‘lsa, ayrim go‘zallarning yaltiroq liboslari zarrin tovlanib, matoning jonliligini ta’minlab turibdi. Bu tabiiy go‘zallik esa tomoshabinda qiziqish uyg‘otib, madaniy hordiq va estetik zavq bag‘ishlaydi.

© SputnikTaniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda afsonaviy Samarqandning “Afrosiyob malikalari” namoyish etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli rassom Nodira Oripovaning “Afrosiyob malikalari” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
   

Yangiliklar lentasi
0