Siyosat

Oʻzbekiston YEOIIga kuzatuvchi sifatida kiradi – Vazirlar mahkamasi taklifi

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto
Flagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston hukumati mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilishiga doir taklifni maʼqulladi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tez orada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) kuzatuvchi sifatida kirish taklifini ilgari surishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti mamlakat Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Hukumatning ishchi guruh tomonidan juma kuni qabul qilingan qaror tez orada Oliy Majlis palatalariga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

“Hukumat yaqin kunlarda parlamentning har ikki palatasiga Oʻzbekistonning YEOIIda kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi haqidagi taklifni kiritadi”, - dedi hukumat vakili.

Taʼkidlanishicha, oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra bugungi kunda kuzatuvchi maqomi Oʻzbekiston uchun eng maʼquli degan xulosaga kelingan.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonning YEOIIga aʼzo boʻlishi ustida astoydil muzokaralar endi boshlandi - Neʼmatov

Yigʻilishda yetakchi mustaqil konsalting kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining izlanishlari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va xulosalar koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorligi doirasidagi iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, sanoat, tashqi savdo siyosati, bojxona-tariflarini tartibga solish mexanizmi, mehnat migratsiyasi, standartlashtirish va veterinariya, sanitariya, fitosanitariya nazorati kabi koʻplab masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosalari oʻrganib chiqilgan.

YEOII – 2015 yildan buyon amal qilib kelayotgan integratsion iqtisodiy birlashma. Unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzodir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala