Sport

Bokschi Sanjar Tursunov ham Tokio-2020 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

© Press-slujba NOKBoksyor Sanjar Tursunov zavoyeval litsenziyu na Tokio — 2020.
Boksyor Sanjar Tursunov zavoyeval litsenziyu na Tokio — 2020. - Sputnik Oʻzbekiston
Biroz avval Iordaniyada boks boʻyicha litsenzion turnirda bokschi Bobousmon Baturov birinchilardan boʻlib Tokio-2020 yoʻllanmasiga ega chiqqan edi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga ikkinchi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Unga bokschi Sanjar Tursunov ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Uzbekskiy boksyor Bobousmon Baturov udostoilsya litsenzii Tokio-2020 - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Bokschi Bobousmon Baturov Tokio-2020 litsenziyasiga ega boʻldi

Iordaniyada boks boʻyicha litsenzion turnir -91 kilogramm vazn toifasida Sanjar Tursunov chorak final jangini oʻtkazdi. Eronlik Tufan Sharifi bilan kechgan bahsda oʻzbek bokschisi toʻliq ustunlik qildi va yarim final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

“Musobaqa reglamentiga koʻra -91 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 4 ta kvota oʻynalmoqda. Demak, yarim final final yoʻllanmasi surxondaryolik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi”, - deyilgan xabarda.

Biroz avval Oʻzbekistonlik bokschi Bobousmon Baturov birinchilardan boʻlib Tokio-2020 yoʻllanmasiga ega chiqqani xabar qilingan edi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyaning Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari soni 16 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga yana 3 nafar bokschi koʻtariladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala