Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” va “Lukoyl” hamkorlikda qoʻshma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye "Uzbekneftegaza" v Tashkente
Zdaniye Uzbekneftegaza v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuvda “Oʻzbekneftgaz” boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevga ham tegishli koʻrsatma va topshiriqlar bergan edi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” AJda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan koʻrsatma va topshiriqlar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

“Oʻzbekneftgaz” xabariga koʻra, tadbirda Oʻzbekiston hududida geologiya-qidiruv sohasida, uglevodorod konlarini oʻzlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash maqsadida, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligining yangi bosqichi va “yangi yoʻli” belgilab olindi va “Yoʻl xaritasi” tuzildi.  

Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta rossiyskoy kompanii «LUKOYL» Vagita Alekperova - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev “Lukoyl” rahbari bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

Unga koʻra;

-  “Lukoyl”  kompaniyasining ishlab chiqarish va qazib olish obeʼktlarini oʻrganish va ushbu obeʼktlarda raqamli texnologiyalarning qoʻllanishi bilan tanishish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ delegatsiyasi aʼzolari Rossiyaning Perm oʻlkasiga tashrif buyuradi.

- “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Lukoyl”  kompaniyasi “Raqamli kon” kontseptsiyasi doirasida tajriba almashishdan tashqari, ishlab chiqarish davomida raqamli “ERP” tizimini qoʻllashda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.

- Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida qoʻshma korxona, “Ilmiy-oʻquv markaz tashkil etilishi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida esa hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Taʼkidlanishicha, belgilab olingan rejalarni amalga oshirilishi, ikki tomonning kelishuvi asosida nazorat qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qilgan edi. Uchrashuda yangi loyihalar muhokama qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0