Analitika

"Bugun vahimaning birinchi kuni": koronavirusning bilvosita qurbonlari milliardlardir

© Sputnik / Alessandro Rota / Fotobankka oʻtishJenщina v meditsinskoy maske v tsentre Milana
Jenщina v meditsinskoy maske v tsentre Milana - Sputnik Oʻzbekiston
Zamonaviy global iqtisodiyot velosipedga oʻxshaydi, yaʼni dinamik muvozanatda faqat oldinga siljish holatida boʻlishi mumkin, tezkor harakat boʻlganida: agar oʻsish toʻxtab qolsa, bu oddiygina toʻxtash emas, balki tizimli inqirozga olib keladigan jiddiy muammodir

AQShning Bloomberg moliyaviy axborot agentligi Covid-19 ning asosiy qurboni haqida: "Koronavirus - tarixdagi eng uzoq davom etadigan iqtisodiy ekspansiya uchun halokatli zarba boʻlishi mumkin", deya xabar beradi va "AQSH allaqachon retsessiyaga tushib qolgan boʻlishi mumkin", deya qoʻshimcha qiladi.

Jitel v maske v avtobuse v Tegerane  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Baxtsizlik yordam berdi: Eron koronavirus tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi

Rasmiy statistikada, yuqumli kasallikning oqibatlari (hozircha) aks etmagan, ammo bu holda haqiqat AQShning yuqori lavozimli rasmiylaridan farqli oʻlaroq, moliyaviy jurnalistlar tomonida koʻproq boʻladi.

Rasmiy nuqtai nazardan, tanazzullar maʼlum bir mamlakat iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulotning ketma-ket ikki chorak pasayishidan keyingina rasmiy tasdiqlangan deb hisoblanadi, ammo bu taʼrif kechikayotganini va aslida vaziyat “chegara chizigʻida” boʻlgan taqdirda foydalidir, yaʼni istiqbollar unchalik aniq boʻlmaganda, iqtisodiy vaziyatning oʻzgarishi sabablari ham aniq boʻlmaganda, demak statistikani tom maʼnoda mikroskop ostida oʻrganish kerak. Koronavirus holatida, hamma narsa yanada sodda va yanada qoʻpolroq: YAIMning pasayishi sababi aniq va ravshan, baʼzi bir byudjet yoki kredit taʼsirlari bilan uni bosish, toʻxtatish juda qiyin, deyarli yechib boʻlmaydigan masala boʻlib tuyuladi. Amerika va Yevropa iqtisodlarining qisqarishi qanchalik kuchli va uzoq davom etadi degan savol (va Xitoy ehtimol retsessiyani chetlab oʻtdi), chunki dunyoda oʻzaro bogʻliq boʻlgan iqtisodiyotda AQSH yoki Yevropa Ittifoqidagi inqirozni (2008 yildagi kabi) global darajadagi inqiroz keltirib chiqarishi mumkin.

Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus tufayli xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

Biroq, Amerika iqtisodiyoti uchun yaxshi yangiliklar ham bor. Britaniyaning "Financial Times" gazetasi retsessiyani aniqlashtirishning AQSH Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan empirik koidaga ishora qilib, ular toʻgʻrisida: "Ushbu usulni ishlab chiqqan Nyu-York Federal Rezerv Bankida ishlaydigan qoida mualliflari shuni koʻrsatmoqdalar-ki, AQSH iqtisodiyoti, tarix koʻrsatganday, ishsizlik darajasi oxirgi 12 oy ichida qayd etilgan eng pastki darajadan 0,35-0,50%ga koʻtarilsa, deyarli har doim retsessiyaga kiradi. Yaxshi xabar shundan iboratki, bundan aniq xulosa chiqarish mumkin: fevral oyida mamlakatga koronavirus kirib kelganda AQSH iqtisodi retsessiya holatida boʻlmagan, hatto unga yaqinlashmagan ham". Bu juda yaxshi, ammo bu bayonotda muhim bir kamchilik bor: "Yomon xabar shundaki, virus Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya va boshqa mamlakatlarda u tarqaladigan har qanday iqtisodiyotda oʻta halokatli turgʻunlik (retsession) kuchlarini keltirib chiqarishi mumkinligini koʻrsatdi".

Bloomberg taʼkidlashicha, koronavirus hujumi allaqachon zaif holatda boʻlgan tizimga zarba bergan: "Covid-19 koʻrinishidan barqaror, lekin aslida unchalik bardoshli boʻlmagan iqtisodiyotga taʼsir qildi. Yanvar oyida qishloq xoʻjaligidan tashqari tarmoqlarda ishlaydigan ishchilar soni 1,4 foizga oshdi. Bu oʻtgan yil bilan taqqoslaganda normaldir. Ammo ishlab chiqarish sanoati yanvar oyida bir yil oldingiga nisbatan 0,8% ga pasaygan. Va davlat obligatsiyalari daromadliligi egri chizigʻi (AQSH) inversiyaga xavfli darajada yaqin boʻlgan (daromalilikning egri inversiyasi, bunda uzoq muddatli foiz stavkalari qisqa muddatlilarnikidan pastroq, va bu inversiya retsessiyaning kuchli koʻrsatkichidir). Yanvarda yagona kuchli koʻrsatkich bu birja bozori boʻldi va endi koronavirus tufayli bu koʻrsatkich ham qizil rangda yonmoqda".

Otdeleniye dlya lyudey s podozreniyem na koronavirus v Botkinskoy bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskvada koronavirus bilan kasallangan birinchi rossiyalikka javob berildi

AQSH iqtisodiyoti moliyalashtiriladigan mamlakatlardan biridir. Va Amerika misolida (Yevropa Ittifoqi holatida ham boʻlgani kabi, Xitoy yoki Rossiya bundan mustasno) qimmatli qogʻozlar bozori shunchaki iqtisodiyotning holatini koʻrsatuvchi koʻrsatkich emas. Aksincha, agar ozgina boʻrttirib koʻrsak, AQSH va Yevropa Ittifoqi uchun fond bozori bu iqtisodiyotning oʻzidir.

Hozirda Amerika va Yevropa obligatsiyalari kam yoki hatto salbiy daromad keltirmoqda, bu esa investorlarni oʻz jamgʻarmalarini (kelajakda nafaqa sifatida koʻrayotgan) aktsiyalarida saqlashga majbur qiladi, va bu yerda gap arziydigan miqdorlar haqida ketmoqda. Investment Institute Company maʼlumotlariga koʻra, eng keng tarqalgan pensiya rejasini (501K deb ataladigan) hisobga olsak ham, gap bir necha trillion dollar haqida ketmoqda va bu dollarlar omonatchilar oldida darhol bugʻga aylanadi, bu esa ularning qoʻshimcha tovarlar yoki xizmatlarni isteʼmol qilish istagiga hissa qoʻshishi dargumon. Boshqa tomondan, bularning barchasi jamgʻargani mablagʻi mavjud, nisbatan badavlat amerikaliklarning muammosidir, AQShda ishlayotgan fuqarolarning 74 foizi esa (American Payroll Association maʼlumotlari) oylikdan oylikkacha yashaydi va ular uchun ishlayotgan korxonasi yoki xizmat koʻrsatish sohasining hatto bir yoki ikki oylik karantin tufayli yopilishi moliyaviy halokatni anglatadi.

Agar siz moliya bozorining ichki holatiga nazar tashlasak, optimizm uchun sabablarni topish qiyin: "Aksincha, moliya bozorlarida retsessiya haqida gap tarqalmoqda". "Bu uzoq oʻsgan"buqa" bozoridan keyin retsessiyaning boshlanishi kabi koʻrinadi",- deydi Bloomberg News-ga Diamond Hill Capital Management portfel boshqaruvchisi Jon Makkleyn. "(Bugun) bozorda vahima qoʻzgʻalishining birinchi kuni", - deya qoʻshimcha qildi u.

Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Koronavirus tufayli ichki turizmni rivojlantirish taklif qilindi

Bir maʼnoda, zamonaviy global iqtisodiyot velosipedga oʻxshaydi, yaʼni dinamik muvozanatda faqat oldinga siljish holatida boʻlishi mumkin, tezkor harakat boʻlganida: agar oʻsish toʻxtab qolsa, bu oddiygina toʻxtash emas, balki tizimli inqirozga olib keladigan jiddiy muammodir.

Shu nuqtai nazardan, ekspertlar va sarmoyadorlar markaziy banklar va hukumatlardan iqtisodiyotni "faollashtirishni" talab qilishlari mantiqan toʻgʻri. Va bu maʼnoda birinchi qadamlar qoʻyilganga oʻxshaydi: Federal Rezerv zudlik bilan dollarning foiz stavkasini pasaytirdi va boshqa mamlakatlarda ham shunga oʻxshash choralar koʻrilishi mumkin. Muammo shundaki, bunday ragʻbatlantirish imkoniyatlari 2008 yildagi inqirozga qarshi kurashish davridan beri ahamiyati katta boʻlmagan: Yevropa Ittifoqida allaqachon salbiy darajada boʻlgan va AQShda bir foizdan ozgina oshiq foiz stavkalarini pasaytirish oʻta samarasiz chora, lekin davlatlarning iqtisodiyotini byudjet mablagʻlari yordamida ragʻbatlantirish maʼlum maʼnoda "kollektiv Gʻarb" mamlakatlarining jiddiy kreditlashtirilgani bilan chegaralanadi.

Panic purchases in Japan amid COVID-19 scare - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Koronavirus vahimasi: Yaponiyada supermarket rastalari boʻshab qoldi

Shundan kelib chiqadiki, dunyo iqtisodiyoti tanazzulga tushib ketmasligi va AQSH va Yevropaning iqtisodiyotini orqaga surib qoʻymasligiga yagona umid Xitoydandir, chunki u koronavirus avjidan oʻtib deyarli tuzalyapti. Amerika biznesga oid nashlarining yetakchisi The Wall Street Journal nashri yozganidek: "Yaxshi xabar shundaki, Xitoyning xatti-harakatlari (iqtisodiy) faoliyatning tiklanishiga zamin yaratgan koʻrinadi yoki hech boʻlmaganda (infektsiya)tarqalish  tezligini pasaytirdi. Asosiy savol tugʻiladi: karantin va boshqa cheklovlarning olib tashlanishi Xitoyda yangi avj olishlariga olib keladimi? Bu Xitoy ishlab chiqarishini tiklanishini beqaror qilishi mumkin".

Donald Trampga, ehtimol, oʻzining barcha sayi-harakatlariga qaramay, Amerika iqtisodiyoti Amerika tovarlariga boʻlgan talab, amerikalik ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berish, hatto hayotiy zarur dori-darmonlar nuqtai-nazaridan ham Xitoyga bogʻliqligini oʻqish juda yoqimsiz boʻlsa kerak.

Bundan tashqari: Tramp prezidentlik saylovlari arafasida, shuning uchun Xitoy iqtisodiyotining tez va qatʼiy tiklanishi uning saylovoldi kampaniyasi mobaynida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan eng yaxshi vaziyat.

Biroq, voqealar bunday rivojlanishidan hamma foyda koʻradi: agar dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan kamida bittasi koronavirus tufayli haqiqatan ham jiddiy jabr koʻrmasa, global inqirozning oldini olish imkoniyati mavjud.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala