Dunyoda

Dunyodagi eng koʻp qurol eksport qiluvchi davlatlar nomlari eʼlon qilindi

Snayperskiy pritsel
Snayperskiy pritsel - Sputnik Oʻzbekiston
2015-2019 yillarda Yaqin Sharqqa qurol yetkazib berish 61% ga oʻsdi, mintaqaga dunyo qurol eksportining 35% toʻgʻri keladi. Mintaqaning va butun dunyoning eng katta importchisi Saudiya Arabistonidir.

TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqotlari Institutining (SIPRI) yillik hisobotiga koʻra, 2015-2019 yillarda dunyo boʻylab qurol savdosi oldingi besh yillik davrga nisbatan 5,5 foizga oʻsdi, sezilarni oʻsish AQSH va Frantsiyada qayd etildi.

Pervыy zapusk prototipa perspektivnogo giperzvukovogo orujiya (Advanced Hypersonic Weapon ) na poligone v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gipertovushli qurol, “Xanjar” va super raketa: ekspert "eng asosiy trendlar"ni aytdi

Qurol eksporti boʻyicha yetakchi beshlikka AQSH, Rossiya, Frantsiya, Germaniya va Xitoy kirdi. Soʻnggi besh yil ichida 2010-2014 yillar bilan taqqoslaganda AQShda (23%) va Frantsiyada (72%) savdo hajmlarining sezilarli oʻsishi qayd etildi. Shu bilan birga, SIPRI maʼlumotlariga koʻra, Rossiya qurollarini eksport qilish hajmi koʻrsatilgan davrda 18 %ga kamaydi.

"Hindistonga (Rossiyadan qurol sotib oluvchi asosiy mamlakat) yetkazib beriladigan Rossiya qurollari hajmining pasayishi  Rossiya qurollari eksporti hajmining keskin pasayishiga olib keldi. Misr va Iroqqa Rossiya qurollari eksportining oʻsishi 2015-2019 yillarda jami savdoning kamayishini qoplay olmadi", - deyiladi SIPRI qurol-aslaha va harbiy xarajatlar dasturining tadqiqotchisi Aleksandra Kuimova maʼruzasida.

Ekspert Xitoy qurol sotishda Rossiyani ortda qoldirishi mumkinligiga shubha qildi.

V Akmolinskoy oblasti Komitetom natsionalnoy bezopasnosti Respubliki Kazaxstan presechena protivopravnaya deyatelnost etnicheskoy prestupnoy gruppы, prichastnoy k organizatsii postavki ognestrelnogo orujiya i boyepripasov iz Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qozogʻistonda Rossiyadan qurol olib kelish bilan shugʻullanganlar qoʻlga olindi

Institutning qurol eksporti boʻyicha oʻtgan yilgi hisobotida 2014-2018 yillarda Rossiyaning harbiy sanoati kompleksi yetkazib berish hajmi 17 %ga kamaygani aytilgan edi. Shunda "Rostex" matbuot xizmati bu maʼlumotlar haqiqiy emasligi haqida bayonot berdi, chunki soʻnggi oʻn yil ichida harbiy-texnik hamkorlik sohasida savdo-sotiq oʻsib bormoqda.

Yangi hisobotga koʻra, Janubiy Koreya birinchi marta qurol-aslaha eksport qiluvchi oʻnta mamlakatlar qatoriga kiritildi, uning savdosi 2010-2014 yillar bilan taqqoslaganda 143 foizga oʻsgan. Isroil qurol eksporti 77 foizga oʻsdi va rekord darajaga yetdi.

2015-2019 yillarda Yaqin Sharqqa qurol yetkazib berish 61% ga oʻsdi, mintaqaga dunyo qurol eksportining 35% toʻgʻri keladi. Mintaqaning va butun dunyoning eng katta importchisi Saudiya Arabistonidir. Undan tashqari, Hindiston, Misr, Avstraliya va Xitoy ushbu koʻrsatkich boʻyicha yetakchi beshlikka kirdi.

Turkiyaning qurol importi sezilarli darajada (48%) kamaydi. "(Buni - tahr.) ayrim qurol-aslaha tizimlari taʼminotining kechikishi, shuningdek, Amerika harbiy samolyotini sotib olish va Turkiyaning qurol-yarogʻ sanoatini rivojlantirish boʻyicha AQSH bilan" yirik "kelishuvning bekor qilinishi bilan izohlash mumkin", - deyiladi SIPRI hisobotida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala