Shoir Azim Suyun olamdan o‘tdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun 72 yoshida olamdan o‘tdi.

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Bugun, 9-mart kuni shoir, ​O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun 72 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar berildi.

Gullar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yana bir donishmand shoiridan ayrildi

O‘zAda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) — 1948-yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan.

1977 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini bitirdi. "Toshkent universiteti" gazetasida adabiy xodim, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishladi.

O‘zbekiston Matbuot Davlat qo‘mitasida adabiy maslahatchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib, "Xalq so‘zi" gazetasida bo‘lim muharriri, 1993-2002 yillarda "O‘zbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazetalarining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Ijodkor butunjahon shoirlar kongressi a’zosi edi.

Shoirning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildiramiz.

Yangiliklar lentasi
0