Iqtisod

Oʻzbekiston BAAga yangi reyslarni yoʻlga qoʻymoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNosovaya chast Drimlaynera uzbekskix avialiniy
Nosovaya chast Drimlaynera uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi boʻyicha kelishuvga erishilgan

TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Oʻzbekiston va BAA havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi matbuot-xizmati.

Vetryanыe elektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
BAA Oʻzbekistonda shamol elektr stantsiyasini qurishga 600 mln $ investitsiya kiritadi

Bu haqda joriy yilning 4-5 mart kunlari Dubay shahrida (BAA) Oʻzbekiston va BAA aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar oʻrtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan maslahatlashuvlar davomida aytib oʻtilgan.

Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi shartnomaviy yoʻnalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yoʻnalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yoʻnalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qilishgan.

Oʻzbekiston Respublikasi va BAA shaharlari oʻrtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Muzokaralar yakunida ikkala tomon davlatlar oʻrtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirish toʻgʻrisida Bayonnoma imzolaganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala