O‘zbekistonda qamoqxonalar yaqinida baland binolar qurish taqiqlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, yaqinda ozodlikdan mahrum qilish joylarida videokameralar o‘rnatiladi va xodimlarga qamoqxonalar himoyasini kuchaytirish uchun maxsus qurilmalar beriladi

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. O‘zbekistonda jazoni o‘tash muassasalaridan 50 metr masofada balandligi olti metrdan yuqori bo‘lgan baland binolar qurilishi taqiqlandi.

Kambodjada "boylar uchun qamoqxona" paydo bo‘ladi

Bu haqda 5-mart kuni qabul qilingan hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.

Jazoni o‘tash muassasalariga quyidagilar kiradi:

- koloniyalar (shu jumladan tarbiya koloniyalari);

- qamoqxonalar;

- mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.

Shuningdek, yangi qoidalarga ko‘ra, 2020-2024 yillarda qamoqxonalarning barcha turar joy binolari rekonstruksiya qilinadi.

"Ko‘rsatilgan yillarda jami 14 ta koloniyada 60 ta turar joy binolari ularni kubrik tipidagi binolarga almashtirish orqali rekonstruksiya qilinadi. Uchta yangi bino quriladi", - deyiladi qarorda.

Sputnik_Turma dlya belux i kosatok v Primorskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Jasliq qamoqxonasi mahbuslari uchun alohida qamoqxona qurilmaydi - IIV

Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum qilish joylarining barchasida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi va barcha xodimlarga shaxsiy kameralar tarqatiladi.

"18 jazoni o‘tash koloniyasi 1833 ta video kuzatuv moslamalari va 36 komplekt shaxsiy videokameralar (bodi-kameralari) bilan jihozlanadi", - deyiladi hujjatda.

Probatsiya xizmati xodimlariga uch mingta elektron bilaguzuklar tarqatiladi.

Qamoqxonalarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik himoya va videokuzatuv vositalarini sotib olish buyurtmachisi sifatida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0