Sport

Oʻzbekistonda koronavirus tufayli xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

© Uzbekskiye avialiniiSpetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti eʼlon qilgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yangi turdagi koronavirusni yuqtirgan insonlar soni butun dunyoda 105 586 nafarga, koronavirus tarqalgan mamlakatlar soni esa 101 taga yetgan.

TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Oʻzbekiston hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha toʻxtatildi, deb xabar qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot-xizmati.

Otdыxayuщiye na Krasnoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus tufayli Moskvada “yuqori tayyorlik” tartibi kiritildi  

"Ilk bor Xitoyda aniqlanib, soʻngra dunyoning koʻplab davlatlariga kirib borgan COVID-19 koronavirusi bugun butun dunyoni tahlikaga solib turibdi. Shukrki yurtimizda bu yuqumli va oʻta xavfli epidemiya alomatlari aniqlanganicha yoʻq. Biroq, xotirjam boʻlish aslo yaramaydi, chunki koronavirus ayni paytda sayyoramizning 70dan ortiq davlatiga kirib bordi. Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, qolaversa hukumatimiz tomonidan berilgan koʻrsatma va tavsiyalar ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha toʻxtatildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, koʻzlangan maqsad — koronavirus epidemiyasini Oʻzbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish boʻlib, buyruq bilan xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.

Profilakticheskiye merы protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus vahimasi: Koreyadagi Oʻzbekiston elchisi xotirjamlikni saqlashga chaqirmoqda

Shuningdek, sport turlari boʻyicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda oʻtkazish vazifasi yuklatilgan.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti eʼlon qilgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yangi turdagi koronavirusni yuqtirgan insonlar soni butun dunyoda 105 586 nafarga, koronavirus tarqalgan mamlakatlar soni esa 101 taga yetgan.

Virus oxirgi sutkalarda Bolgariya, Kosta-Rika, Moldaviya, Frantsuz Gvianasi, Maldiv orollari, Malta, Farer va Martinika orollarida qayd etilgan.

Soʻnggi bir sutka davomida Xitoydan tashqarida 3 610 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan, avval aniqlangan bemorlarning 71 nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala