Oʻzbekistonda oʻzi bilan sovuq qurol olib yuruvchi shaxslarga jazo turlari belgilandi

CC0 / pixabay / Mujchina derjit pistolet. Illyustrativnoye foto
Mujchina derjit pistolet. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish tartibini buzgan shaxslar jarima va qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga IIV tomonidan yangi oʻzgartirishlar kiritilgan qonun loyihasi joylashtirildi.

pistolet Makarova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda qurolga ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori maʼlum boʻldi

Unga koʻra, kasbiy, sport faoliyati yoki maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan holda sovuq qurollar,  sport va xoʻjalik-maishiy ashyolarini jamoat joylarida olib yurgan shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima solinadi.

Sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar esa un olib yurgan shaxsdan musodara qilinadi.

Agar fuqaro ushbu sovuq qurollar yoki ashyolarni oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida olib yurgan boʻlsa, u holda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima belgilanib, 15 sutkagacha qamoq jazosi tayinlanadi.

Snayperskiy pritsel - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyodagi eng koʻp qurol eksport qiluvchi davlatlar nomlari eʼlon qilindi

Bundan tashqari, tigʻ  yoki keskichi uzunligi 90 mm.dan ortiq boʻlgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqariladigan, tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan avtomatik tigʻli sovuq qurollarni olib yurish ham qonunga muvofiq taqiqlanadi. Uni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, joʻnatish ham shular jumlasidandir.

Ushbu holatlar sodir etilganda javobgarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanib, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanadi.

Ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston hududiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish ham mazkur qonunda koʻrsatilgan jazoga asos boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala