Oʻzbekistonlik haydovchilar Eron-Turkmaniston chegarasida qolib ketdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishTrassa M5 v Chelyabinskoy oblasti posle meteli
Trassa M5 v Chelyabinskoy oblasti posle meteli - Sputnik Oʻzbekiston
Internetda tarqalgan ushbu xabar joriy yilning 7 mart kuni Oʻzbekistonning Tehron shahridagi Elchixonasi tomonidan ham tasdiqlangan.

TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Eron va Turkmaniston oʻrtasidagi chegara yopilgan. Buning natijasida 700 ga yaqin haydovchi va 11 nafar oʻzbekistonlik  "Lutfobod" va "Saraxas" chegara nazorat-oʻtkazish punktlarida qolib ketgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus tufayli xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

Fuqarolar transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib, vatanga qaytishni rad etishgan.

Internetda tarqalgan ushbu xabar joriy yilning 7 mart kuni Oʻzbekistonning Tehron shahridagi elchixonasi tomonidan ham tasdiqlangan.  

Xabarda taʼkidlanishicha, ayni damda vaziyat Tehron va Ashxabod shaharlaridagi Oʻzbekiston elchixonalari tomonidan nazoratga olinib, Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot oʻrnatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala