"Prezidentni shunchaki xaydab chiqarishdi". "Rangli inqiloblar" qanday yakunlangan

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishVinesenie prigovora deputatam fraksii "Ata-Jurt" v Kirgizii
Vinesenie prigovora deputatam fraksii Ata-Jurt v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Qirg‘iziston xalqi korrupsiya, saylovlarni qalbakilashtirish va nomunosib boshqaruvga nihoyat "bas" deganiga hayron bo‘lmaslik kerak. Men boshqa sobiq Sovet respublikalari rahbarlari bundan tegishli xulosaga kelishlariga umid qilaman", - degan amerikalik senator Sem Braunbek

TOShKENT, 9 mar - Sputnik, Oleg Kim. O‘n besh yil oldin Qirg‘izistonda oy oxiriga borib "lola inqilobiga" aylanib ketgan mitinglar boshlangan edi. Prezident Asqar Akayev respublikani tark etdi. Bu sobiq SSSR hududida Gruziyadagi "atirgul" va Ukrainadagi "to‘q sariq" inqilobdan keyingi uchinchi "rangli" to‘ntarish bo‘ldi. Ko‘pchilikka tartibsizliklar ketma-ketligi davom etadigandek tuyular edi. Ammo qo‘shni mamlakatlarda hech narsa sodir bo‘lmadi, Qirg‘izistonning o‘zida esa butunlay boshqacha siyosiy jarayonlar ro‘y berdi.

Moskovskiy ekonomicheskiy forum - Sputnik O‘zbekiston
Askar Akayev: Qirg‘iziston revolyutsion rivojlanish yo‘lidan borishi kerak

Inqilob tomonidan talon-taroj qilinganlar

2005-yil 28-fevralda Jogorku Kenesh (Qirg‘iziston Oliy Kengashi)ga saylovlarning birinchi bosqichi, 13-martda esa ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Parlamentga amaldagi prezident Askar Akayevning tarafdorlari va uning qarindoshlari o‘tayotgan bo‘lgan. O‘rinlarning chorak qismidan ko‘prog‘ini davlat rahbarining qizi Bermet Akayevaning partiyasi - "Alga, Qirg‘iziston" olayotgan edi.

Mamlakat janubida joylashgan O‘sh viloyatida tartibsizliklar ikkinchi bosqichdan oldin boshlangandi. 13-martdan keyin yana bir janubiy mintaqa - Jalolobod viloyatida "xalq kengashi" tashkil etildi. Oyning ikkinchi yarmida namoyishchilar viloyat ma’muriyatlari binolarini bosib olishga kirishdilar. Huquqni muhofaza qilish kuchlari faollarning idoralarini tortib olishdi, ammo Jalolobodda olomon hujumga o‘tib, hokimning qarorgohi va viloyat ichki ishlar bo‘limiga bostirib kirishdi.

O‘shdagi davlat muassasalari ham ko‘cha nazorati ostiga o‘tdi. Bu Qirg‘izistonda bayram sifatida nishonlanadigan bahorgi tengkunlik, Navro‘z kuni edi. Respublika aslida ikki qismga bo‘linadi - isonkor janubiy va hukumat nazorati ostida qolayotgan  shimoliyga.

Asqar Akayev - Sputnik O‘zbekiston
Akayev: AQShning terrorizmga qarshi kurashdan maqsadi Markaziy Osiyoga kirish bo‘lgan

24 mart kuni Bishkekdagi Ala-Too maydoniga bir necha ming kishi yig‘ildi. Bir necha soatdan keyin namoyishchilar Hukumat uyini shturm qila boshladilar. Militsiya va ichki qo‘shinlar qarshilik ko‘rsatmaslik to‘g‘risida buyruq oldilar, olomon bino ichiga bostirib kirdi. 25-martga o‘tar kechasi shaharda talon-tarojlar uyushtirildi. Marodorlar do‘konlar, bozorlar va savdo markazlarini taladilar.

Pentagon nima uchun O‘zbekiston poligonlariga qaytmoqda >>>>

Respublika Oliy sudi favqulodda yig‘ilishda parlament saylovlari natijalarini bekor qildi. Ertasi kuni ertalab Jogorku Kenesh muholifat yetakchilarini yuqori lavozimlarga tayinladi. Qurmanbek Bakiyev prezident va bosh vazir vazifalarini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi, Roza Otunbayeva - Tashqi ishlar vaziri, qamoqdan ozod etilgan Feliks Kulov - xavfsizlik idoralari koordinatori. Keyin Markaziy saylov komissiyasi kutilmaganda saylangan parlamentning qonuniyligini tan oldi, ammo muholifat yetakchisi Omurbek Tekebayev spikerning o‘rniga o‘tirdi. U Moskvaga qochib ketgan Akayev bilan muzokaralar olib borardi, davlat rahbari o‘z vakolatlaridan voz kechishga ko‘ndirilardi.

Protestnie aksii v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Rangli inqiloblar uchun kadrlar qanday tayyorlanadi

To‘rtinchi aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti iste’foga chiqish to‘g‘risida arizaga imzo chekdi. Buning evaziga u respublika konstitutsiyasiga binoan jinoiy ta’qibdan immunitet oldi. Ammo bir necha kundan keyin parlament Akayevga berilgan barcha kafolatlarni bekor qildi.

Ko‘p o‘tmay, birinchi shov-shuvli qotillik sodir bo‘ldi. Mashhur kaskador Usen Kudaybergenov Bishkek markazida o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olishlarga qarshi kurashgan o‘zini o‘zi himoya qilish otradiga boshchilik qilgan. Kudaybergenov o‘z uyida otib o‘ldirilgan. Aktorni Risbek Akmatbayev boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolari Bakiyev topshirig‘iga binoan o‘ldirgan degan gaplar tarqaldi.

Musulmonlarga qarshi jinoyat - Qodirov asr bitimi haqida >>>

Bishkeklik Sanjar M. (RIA Novosti suhbatdosh ismini uning iltimosiga binoan o‘zgartirdi)ning yodga olishicha, ro‘y bergan inqilob va undagi jarayonlar hamma uchun kutilmagan bo‘lgan edi. "Hech kim prezidentni mamlakatdan quvib chiqarishadi deb o‘ylamagan. Menimcha, muvaqqat hukumat ham bunday tezkor yutuqlarga umid qilmagan. Ammo ertalab hamma narsa o‘lganday tuyuldi - bizning ichimizda ham, shaharda ham. Ayniqsa, tunalgan kafelar, tor-mor qilingan bozorlarni ko‘rganimizda... O‘sha paytda ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi. Shahar o‘zgara boshladi, inqilob to‘lqinida poytaxtga kelgan mehmonlar yerlarni egallab olardilar. Qayerdadir ularni darhol haydashdi, ba’zi joylarda - ko‘proq chetda - ular joylashib oldi va hatto "bosib olingan" mulkni qayta sotishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, viloyatda ham yer maydonlarini bosib olishgan",- deya hikoya qiladi inqilobdan keyingi voqealarni guvoh. 

Askar Akayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek elitasi Shavkat Mirziyoyevni tan oldi - Askar Akayev

G‘oliblarning odatlari, Sanjarning so‘zlariga ko‘ra, juda oddiy edi. "Hatto reyderlik ishg‘ollari ham bo‘lmadi. Akayevning bozorkomlari (bozorlar boshliqlari – tahr.) o‘rniga shunchaki yangilari keldi. Mulklar shunchaki kerakli odam nomiga rasmiylashtirilgan. Mulkni tortib olishning qandaydir murakkab sxemalarini o‘tkazishga hojat yo‘q edi. Ular (inqilobchilar) shundoq ham allaqachon hamma narsani egallab olishgan”, - deydi agentlik manbai.

"Muqobil MDH"

Inqilobiy Bishkek o‘sha yilning o‘zida "muqobil MDH" - Demokratik tanlov Hamdo‘stligidan taklif oldi. Uni "rangli" to‘ntarishlar muvaffaqiyatli amalga oshgan mamlakatlar - Gruziya va Ukraina tashkil etgan. Aftidan, mutlaqo mantiqiy ittifoq - Rossiyasiz SSSR shakllanayotgan edi. Ammo o‘shanda qirg‘iz siyosatchilari bundayin sharafdan o‘zlarini tortgandilar.

Chto Atambayev skazal o YeAES i prixotax odnogo cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev "baraban" bo‘lgan Akayevning boshi va ayrim podshohchalarning xarxashasi haqida gapirdi

"Lola" to‘ntarishi chet eldan boshqarilgan degan versiya o‘sha paytlarda ham bor edi, hozir ham mavjud. Respublikani tark etgan prezident Akayev voqeadan bir hafta oldin "Internetda o‘qigan" xati haqida gapirib bergan edi. Go‘yoki AQShning Qirg‘izistondagi elchisi imzolagan xatda "davlat to‘ntarishining batafsil rejasi" ko‘rsatilgan. Nima uchun davlat rahbari bunday ma’lumotni o‘qigach, vaziyatning oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmadi, bunday xat haqiqatdan bo‘lganmi va u tarmoqdan qayerga g‘oyib bo‘ldi - tarix bu haqda sukunat saqlaydi. Qirg‘iziston kontrrazvedka xizmati xodimining RIA Novostiga aytishicha, misol uchun, "bir Yevropa mamlakatidan" kelgan "faol" norozilik namoyishlari yetakchilari bilan tez-tez uchrashib turgan. Rossiyaning chet el fuqarosi shaxsini aniqlash to‘g‘risidagi so‘roviga respublika maxsus xizmatlari "Aniqlangan agent (mamlakat nomi) razvedkasiga taalluqli", degan javobni yo‘llashdi. "Faol" inqilobchilar orasida nima bilan shug‘ullangan - shunchaki ma’lumot to‘plaganmi yoki tadbirlarda qatnashganmi - Qirg‘iziston rasmiylari buni aniqlay olmadilar.

Akayevning ishonchi komil: u Vashington ko‘magi bilan ag‘darildi. "G‘arb o‘ylamasdan (to‘ntarish) texnologiyalarini Markaziy Osiyoga ko‘chirdi", - deya ta’kidlardi sobiq prezident.

AQSh Vyetnamni qanday bombardimon qilgan >>>

Vashington haqiqatan ham g‘alabani nishonladi. 2005-yilda AQSh Kongressidagi uchrashuvlardan biri Bishkekdagi "lola inqilobi" g‘alabasiga bag‘ishlangan edi. Amerikaning Xelsinki komissiyasining raisi, senator Sem Braunbek tadbirni ochib berar ekan, Gruziyadagi atirgul inqilobi va Ukrainadagi to‘q sariq rangli inqilob o‘rtasidagi o‘xshashliklarni o‘zaro taqqosladi. "Qirg‘iziston xalqi korrupsiya, saylovlarni qalbakilashtirish va nomunosib boshqaruvga nihoyat "bas" deganiga hayron bo‘lmaslik kerak. Men shaxsan boshqa sobiq Sovet respublikalari rahbarlari bundan tegishli xulosa chiqarishlariga umid qilaman", - degan edi Braunbek.

Nega Afg‘oniston AQSh uchun qopqonga aylandi >>>

Ko‘pchilik bunday qo‘zg‘olonlar sobiq sovet ittifoqi hududi bilan chegaralanmasligini kutgan edi. The Wall Street Journal nashri "Lolalar inqilobi - Xitoy uchun ogohlantirish" nomli maqolani chop etdi. Ammo qo‘zg‘olonlar alangalari qo‘shni davlatlarga tarqalmadi, qolaversa Qirg‘izistonning o‘zida ham "lolalar" bahoridan keyin demokratiya qurilishi negadir kutilgan yo‘ldan bormadi.

Siyosatshunos Alibek Mukambayevning ta’kidlashicha, yuqori siyosatdan uzoq bo‘lgan ko‘pchilik fuqarolar uchun inqilobiy kecha shafqatsiz talonchilik va bosqinchilik quturgan kecha sifatida yodda qoldi. "Bir kun ichida hamma narsa qulab tushdi, bu zarba bo‘ldi. Ammo hokimiyat yana noto‘g‘ri qo‘llarda ekanligi aniqlanganida yanada kattaroq dahshatga tushdik. Biz 2010-yilda ham xuddi shunday holatga tushdik, unda qurbonlar ham bo‘lgan. Ammo inqilob nima ekanligini, hamma allaqachon 2005-yilda tushungan”, - deya tushuntiradi ekspert.

Oqsaroy qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov bemorligi oqibatlari: saylovlar, ison yoxud rangli inqilob

Darhaqiqat, tarix yana takrorlandi va oradan besh yil o‘tgach, prezident bo‘lgan "Lola inqilobi" yetakchisi Kurmanbek Bakiyev g‘azablangan olomondan bazo‘r omon qoldi. Uni ham undan oldingi rahbar ayblangan gunohlarda ayblashardi - korrupsiya va traybalizmda (o‘z klaniga homiylik qilishda).

Ikkinchi inqilob ham dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirmadi. Besh yil o‘tgach, Ichki ishlar vazirligi parlament saylovlarida "jinoiy o‘tmishga ega nomzodlar" soni rekord darajada ortganini qayd etdi. Ikki yuzdan ortiq nomzodlar ilgari javobgarlikka tortilgan, ularning o‘n beshtasi operativ uchetda turgan, uchtasi qidiruvda bo‘lgan. Albatta, keyinchalik nomzodlar ro‘yxatini tozalashdi.

Hokimiyatning navbatdagi o‘zgarishi - 2017-yildagi - endi konstitutsiyaga muvofiq amalga oshirildi, ammo saylovlardan keyin ikki prezident - sobiq va amaldagi prezident o‘rtasidagi ziddiyat boshlandi.

Unda 2005-yildagi inqilob muvaffaqiyati nima bilan izohlanadi? Siyosatshunos Denis Berdakov "elitalar muvozanatining o‘zgarishi, bu bir guruhni boshqasiga o‘zgarishiga olib keldi" deb ta’kidlaydi. "U yerda hamma narsa bor edi: geosiyosiy omillar, tashqi ta’sir, jinoiy manbalar, odamlarning haqiqiy noroziligi, turli odamlarni birlashtirgan ta’sir tarmoqlari, siyosiy texnologiyalar", - deya tushuntiradi tahlilchi.
Putin ODKB davlatlarida rangli inqiloblarga yo‘l qo‘ymasligini aytdi >>>

Qirg‘iziston bo‘yicha ekspert Grigoriy Mixaylov 2005-yilning bahorida bir vaqtning o‘zida bir nechta voqealar sodir bo‘lganiga qo‘shiladi. "Hukmron oila va uning atrofidagilar hokimiyat beqaror bo‘lib qoldi degan xulosaga kelishdi. Natijada olomon Oq uyga kirib, rejim quladi", - deya eslaydi u. "Agar xavfsizlik kuchlari prezident va uning oilasini himoya qilganlarida bu sodir bo‘lmas edi. O‘shanda inqilobchilardan shunchaki oddiy askarlar, bir necha ofitser va kursantlar jabr ko‘rgan. Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni general Abdigul Chotboyev ham. Qolgan xavfsizlik kuchlari chetda turishgan. Amerikaliklarga kelsak, ular va ularning ta’sir tarmoqlari yoshlar harakatini shakllantirishga va muholifat axborot ko‘magini tashkil qilishga yordam bergan. Lekin, oldindan aytish joiz, ular tarbiyalagan yoshlar ularning ishonchini oqlamadi va G‘arb ular uchun tanlab bergan shartli yo‘ldan bormadi. Bu yoshlar xukumatga aralashib o‘z homiylari haqida unutdi".

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya va ODKB davlatlarida "rangli inqiloblar"ga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

Qo‘zg‘olon boshlanganda razvedka bilan bog‘liq shaxslarning paydo bo‘lishini, Mixaylov, maxsus xizmatlarning odatiy amaliyoti sifatida izohlaydi. "Har doim loyqa suvda baliq tutishni xohlaydiganlar bo‘ladi, ular muholifatga qanchadir miqdorda (odatda ozgina) mablag‘ berishadi va keyinchalik buning evaziga biron resurslar yoki kelishuvga yo‘l ochib berishlaridan umid qilishadi. Bu yollangan yoki shubxali shaxs bo‘lishi mumkin, har kim bo‘lishi mumkin. Bu yerda muhimi, hokimiyat asta-sekin qo‘ldan ketmoqda. Maslahatchilar yuqorida o‘tirganlarni: "Hammasi mo‘ljaldagiday ketmoqda! Gvardiya bizga sodiqdir", deya ishontirishgan". Kerakli payti esa shu "tahlilchilar" va sheriklarni kabinetlari bo‘m-bo‘sh bo‘ldi, u yerda faqat shamol varaqlarni to‘zg‘itar, xavfsizlik kuchlari buyruqlarni bekor qilar va hech kim olomonni tarqatganlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni istamasdi", - deydi siyosatshunos o‘n besh yil oldin sodir bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risida.

Islom Karimov bemorligi oqibatlari: saylovlar, ison yoxud rangli inqilob >>>

Inqilobdan keyingi voqealar rivoji ham kutilganidek edi, deya qayd etadi Mixaylov. "1917 yilda charm kurtka kiygan to‘pponchali matroslar sahnaga chiqib kelishdi. Bu yerda ham biz charm kurtkalarni ko‘rganmiz, faqat jiplarda yuradigan banditlarda. "Burjuy" – korrupsionerlardan mulklar tortib olindi – har holda yangi komissarlar shunday deya hisoblardi, biroq endi bu mulklarning barchasi ularga tegishli edi, chunki yutqazgan to‘laydi-da", - mutaxassis voqealar mantig‘ini shunday tushuntiradi.

2010-yildagi qo‘zg‘olonchilar ham xuddi shunday fikrlarni dasturiamal qilishgan bo‘lgan. Birinchi va ikkinchi inqilob vaqtida o‘zgalar mol-mulkini majburiy tortib olgan ba’zi ishtirokchilar bugun ham parlamentda o‘tirishibdi, deya eslatadi RIA Novosti suhbatdoshi. Shu ma’noda hech narsa o‘zgarmadi.

Yangiliklar lentasi
0