Dunyoda

Putin 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyishga qarshi emasligini aytdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii Gosdumы RF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasida Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish masalasi koʻrib chiqilishiga bagʻishlangan yigʻilishda nutq soʻzladi.

TOSHKENT, 10 mar – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasining Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada muddatidan oldin parlament saylovlari oʻtkazilishi mumkin

U oliy rahbariyat va parlamentga tegishli boʻlgan barcha yangi tashabbuslar boʻyicha izoh berdi.

Xususan, davlat rahbarining aytishicha, u parlament quyi palatasiga muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilishiga zarurat yoʻqligini qayd etgan. Sal avval LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Oliy qonunga tuzatishlar qabul qilinganidan soʻng, muddatidan oldin parlament saylovlarini oʻtkazish taklifini kiritgan edi. Uni "Yedinaya Rossiya" partiyasi deputati Aleksandr Karelin qoʻllab-quvvatlagandi. KPRF esa birinchi navbatda rubl va neft narxi pasayishi masalasini, soʻngra yangi koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq masalalarni hal etish zarurligiga eʼtibor qaratgandi.

"Albatta, oxir-oqibat bu sizning qaroringiz. Ammo parlamentda ushbu masalada yakdillik yoʻq ekan, menga rais (Vyacheslav Volodin - tah) aytishi boʻyicha yakdillik yoʻq ekan, u holda parlamentda muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilishida zarurat koʻrmayapman", - dedi prezident.

U shuningdek, Konstitutsiyadan prezidentlik muddatlari sonini cheklashni bekor qilish taklifini olib tashlashni maqsadga muvofiq emas, deb atadi. Ushbu tashabbus seshanba kuni "Yedinaya Rossiya" deputati Valentina Tereshkova tomonidan bildirilgan edi.

Valentina Tereshkova - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Valentina Tereshkova Putin prezidentlik muddatini boshidan hisoblashni taklif qildi

"Mamlakat hali ham koʻp muammolarga duch kelayotgan bir paytda, lekin siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda ichki barqarorlik, yetuklikka erishilsa va davlat, albatta, tashqi tomondan mustahkam va himoyalangan boʻlsa, albatta, bunday holda birinchi planga hokimiyat almashinuvi imkoniyati chiqadi. Bu mamlakatning rivojlanish dinamikasi uchun kerak", - dedi prezident.

U "kelajakda" jamiyat hokimiyat muntazam almashib turishi kafolatlariga ega boʻlishi kerakligini qayd etdi. "Biz sizlar bilan kelajak avlod haqida oʻylashimiz kerak", deya qoʻshimcha qildi davlat rahbari.

Shu bilan birga, Tereshkovaning amaldagi prezident vakolati muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yana bir taklifiga toʻxtalar ekan, Putin muqobil boʻlmagan saylovlar kerak emasligi, jarayon ochiq va raqobatbardosh boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Prezident Tereshkovaning taklifi "aslida har qanday shaxs, har bir fuqaro, shu jumladan amaldagi prezident uchun cheklovlarning olib tashlanishini anglatishini, agar fuqarolar bunday oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlab, 22 aprelda boʻladigan referendumda "ha" deya ovoz bersalar, kelgusida ochiq va raqobatbardosh saylovlarda qatnashish imkoniga ega boʻlishlarini" taʼkidladi.

"Aslida, bu variantni amalga oshirish mumkin edi, ammo bitta shart bilan: agar Konstitutsiyaviy sud bunday oʻzgartirish Asosiy Qonun tamoyillariga zid emasligi haqida rasman xulosa bersa", - dedi prezident.

Uchastniki detskogo yubileynogo reysa v chest 60-letiya atomnogo ledokolnogo flota razvernuli gigantskiy rossiyskiy flag na Severnom polyuse, kuda oni pribыli na ledokole 50 let Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
"Buni sovurib boʻlmaydi": oʻzbekistonliklar RF yerlari Konstitutsiya bilan himoyalanishi haqida

Keyinchalik Davlat Dumasi Tereshkovaning takliflarini maʼqulladi. Fraktsiyalardan faqat kommunistlar qarshi ovoz berishdi.

Yanvar oyi oxirida Putin Davlat dumasiga Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasini taqdim etgandi. Oʻzgartirishlar konstitutsiyaviy tuzumning asoslarini, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydigan qoidalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Prezident MSKga ovoz berishga tayyorgarlik koʻrishni tashkil qilish yuzasidan topshiriqlar berdi. Davlat Dumasi 22 aprel umumxalq referendumini oʻtkazish haqidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi, bu kun dam olish kuni boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala