Putin 2024-yilgi saylovlarda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishga qarshi emasligini aytdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasida Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda nutq so‘zladi.

TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasining Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi mumkin

U oliy rahbariyat va parlamentga tegishli bo‘lgan barcha yangi tashabbuslar bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, davlat rahbarining aytishicha, u parlament quyi palatasiga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga zarurat yo‘qligini qayd etgan. Sal avval LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Oliy qonunga tuzatishlar qabul qilinganidan so‘ng, muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish taklifini kiritgan edi. Uni "Yedinaya Rossiya" partiyasi deputati Aleksandr Karelin qo‘llab-quvvatlagandi. KPRF esa birinchi navbatda rubl va neft narxi pasayishi masalasini, so‘ngra yangi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish zarurligiga e’tibor qaratgandi.

"Albatta, oxir-oqibat bu sizning qaroringiz. Ammo parlamentda ushbu masalada yakdillik yo‘q ekan, menga rais (Vacheslav Volodin - tah) aytishi bo‘yicha yakdillik yo‘q ekan, u holda parlamentda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishida zarurat ko‘rmayapman", - dedi prezident.

U shuningdek, Konstitutsiyadan prezidentlik muddatlari sonini cheklashni bekor qilish taklifini olib tashlashni maqsadga muvofiq emas, deb atadi. Ushbu tashabbus seshanba kuni "Yedinaya Rossiya" deputati Valentina Tereshkova tomonidan bildirilgan edi.

Valentina Tereshkova - Sputnik O‘zbekiston
Valentina Tereshkova Putin prezidentlik muddatini boshidan hisoblashni taklif qildi

"Mamlakat hali ham ko‘p muammolarga duch kelayotgan bir paytda, lekin siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda ichki barqarorlik, yetuklikka erishilsa va davlat, albatta, tashqi tomondan mustahkam va himoyalangan bo‘lsa, albatta, bunday holda birinchi planga hokimiyat almashinuvi imkoniyati chiqadi. Bu mamlakatning rivojlanish dinamikasi uchun kerak", - dedi prezident.

U "kelajakda" jamiyat hokimiyat muntazam almashib turishi kafolatlariga ega bo‘lishi kerakligini qayd etdi. "Biz sizlar bilan kelajak avlod haqida o‘ylashimiz kerak", deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Shu bilan birga, Tereshkovaning amaldagi prezident vakolati muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yana bir taklifiga to‘xtalar ekan, Putin muqobil bo‘lmagan saylovlar kerak emasligi, jarayon ochiq va raqobatbardosh bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Prezident Tereshkovaning taklifi "aslida har qanday shaxs, har bir fuqaro, shu jumladan amaldagi prezident uchun cheklovlarning olib tashlanishini anglatishini, agar fuqarolar bunday o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, 22-aprelda bo‘ladigan referendumda "ha" deya ovoz bersalar, kelgusida ochiq va raqobatbardosh saylovlarda qatnashish imkoniga ega bo‘lishlarini" ta’kidladi.

"Aslida, bu variantni amalga oshirish mumkin edi, ammo bitta shart bilan: agar Konstitutsiyaviy sud bunday o‘zgartirish Asosiy Qonun tamoyillariga zid emasligi haqida rasman xulosa bersa", - dedi prezident.

Uchastniki detskogo yubileynogo reysa v chest 60-letiya atomnogo ledokolnogo flota razvernuli gigantskiy rossiyskiy flag na Severnom polyuse, kuda oni pribili na ledokole 50 let Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
"Buni sovurib bo‘lmaydi": o‘zbekistonliklar RF yerlari Konstitutsiya bilan himoyalanishi haqida

Keyinchalik Davlat Dumasi Tereshkovaning takliflarini ma’qulladi. Fraksiyalardan faqat kommunistlar qarshi ovoz berishdi.

Yanvar oyi oxirida Putin Davlat dumasiga Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini taqdim etgandi. O‘zgartirishlar konstitutsiyaviy tuzumning asoslarini, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydigan qoidalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Prezident MSKga ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rishni tashkil qilish yuzasidan topshiriqlar berdi. Davlat Dumasi 22-aprel umumxalq referendumini o‘tkazish haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi, bu kun dam olish kuni bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0