Infografika

Oʻzbek ayoli soʻnggi 100 yilda qanday oʻzgardi?

XXI asr oʻzbek ayoli – oʻqimishli, ijtimoiy faol inson boʻlib, u nafaqat biznes, sayohat qilish, balkim oʻz blogini yuritishi ham mumkin.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikka katta eʼtibor berilmoqda. Soʻnggi yillarda rahbar lavozimlarida ishlayotgan ayollar soni tezlik bilan oshib bormoqda.

Vaholanki, Markaziy Osiyoda har doim ham bunday boʻlmagan. Bundan 100 yil oldin oʻzbek ayollari dunyoga paranji ostidan boqardilar va faqat ichki hovlida uy yumushlarini bajarishlardi. 

Oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida oʻzbek ayollari paranjidan xalos boʻlldi va ommaviy ravishda taʼlim ola boshladi. Ogʻir urush yillarida esa uning bir oʻzi ham uy ham dalalarda, zavod va fabrikalarda ishladi. 

Oʻtgan asrning 70 yillardan boshlab Oʻzbekistonda oliy maʼlumotli ayollar soni tez oʻsib bordi, ayollar ilm-fan, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni faol egallay boshlashdi. 

XXI asr oʻzbek ayoli – oʻz huquqlarini yaxshi bilgan, oʻqimishli va faol insondir. U nafaqat, bola parvarishi, uy yumushlarini bajarishi, chiroyli kiyinishi, balkim biznes, sayohat qilish va oʻz blogini yuritishi ham mumkin.

Shavkat Mirziyoyev hukumat boshiga kelganidan buyon ayollarni rahbar lavzomlarga tayinlashga koʻproq eʼtibor berila boshlandi. Bugungi kunda har bir tashkilotda ayol rahbarlar sonini 30 %ga yetkazish - aniq maqsad qilib qoʻyilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala