Siyosat

Ukraina rasman uch haftalik karantin eʼlon qildi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka oʻtishAktivistы zablokirovali avtotrassu u poselka Chongar na granitse Ukrainы i Krыma
Aktivistы zablokirovali avtotrassu u poselka Chongar na granitse Ukrainы i Krыma - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ukrainada yangi infektsiya bilan bemorlanish ilk holati oʻtgan haftada Chernovitsk viloyatida qayd qilingan edi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Ukraina hukumati koronavirus tufayli mamlakat oʻqish muassasalarida uch haftalik karantin joriy qildi, ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishi ham taʼqiq ostida qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Mongolskiy treugolnik, gde net koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Video
"Moʻgʻul uchburchagi" siri yoki nima sababdan Markaziy Osiyoda koronavirus yoʻq

Ukrainada yangi infektsiya bilan bemorlanish ilk holati oʻtgan haftada Chernovitsk viloyatida qayd qilingan edi. Virusni yuqtirgan shaxs - Italiyadan kelayotgan sayyoh boʻlgan. Koronavirus simptomlari ukrainalikda u vataniga qaytib kelgach, ikki kundan soʻng namoyon boʻlgan. Kasallik alomatlari paydo boʻlganiga qadar u oila shifokori tavsiyalariga amal qilgan.

Ukraina sogʻliqni saqlash vazirligi bemor holati stabil ekanligini, temperaturasi normalligini, ammo u hozircha zaifligini maʼlum qilgan. Erkakni davolash ishlari davom etmoqda.

Xitoy hukumati 2019 yilning 31 dekabrida Butundahon sogʻliqni saqlash tashkilotini mamlakat markaziy qismi (Xubey provintsiyasi)da Uxan shahrida avj olgan nomaʼlum pnevmoniya haqida xabardor qilgan edi.

Mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisi - yangi turdagi koronavirus ekanligini aniqlaganlar. BSST ushbu epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik boʻlgan favqulodda holat deb tan oldi va kasallikka rasman - COVID-19, deb nom berdi.

Yangiliklar lentasi
0