O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining tashkiliy tizimi isloh qilinadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov, kotorie budut realizovani v rade sfer jizni strani.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov, kotorie budut realizovani v rade sfer jizni strani. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yangi tartib ichki ishlar organlari xizmat va bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, mavjud burokratiya holatlarini qisqartirish maqsadida joriy etilmoqda.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining tashkiliy tizimi isloh qilinadi. Shavkat Mirziyoyev mamlakat miqyosida va tumanlar kesimida kuch va vositalarni boshqarishning yangi mexanizmlariga bag‘ishlangan loyiha taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ichki ishlar organlari boshqaruv tizimidagi qator rahbarlik lavozimlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar bildirilgan. Ta’kidlanishicha, bu huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kundalik faoliyatni samarali tashkil etish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Toshkent shahar ichki ishlar organlari ishining natijalari muhokama qilinib, joriy yilda poytaxtda jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirishning asosiy konseptual yo‘nalishlari to‘g‘risida axborot berildi.

“Ushbu yangi tartib ichki ishlar organlari xizmat va bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, mavjud burokratiya holatlarini qisqartirish, joylarda shaxsiy tarkibni boshqarish bo‘yicha sifat jihatidan yangi tizimni bosqichma-bosqich yaratish maqsadida joriy etilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev “raqamli Toshkent” loyihasi bilan tanishib, ko‘plab ko‘rsatmalar bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0