Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Aleksandr Bastrikin hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

© Generalnaya prokuratura Respubliki UzbekistanV Generalnoy prokurature Respubliki Uzbekistan sostoyalas vstrecha Generalnogo prokurora Respubliki Uzbekistan Nigmatilli Yuldasheva s predsedatelem Sledstvennogo komiteta Rossiyskoy Federatsii Aleksandrom Bastrikinim
V Generalnoy prokurature Respubliki Uzbekistan sostoyalas vstrecha Generalnogo prokurora Respubliki Uzbekistan Nigmatilli Yuldasheva s predsedatelem Sledstvennogo komiteta Rossiyskoy Federatsii Aleksandrom Bastrikinim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Bosh prokuraturada Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bilan Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligini ta’kidlashdi.

Taraflar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.

“Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim hamda 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik Dasturi imzolandi”, - deyilgan xabarda.

© Generalnaya prokuratura Respubliki UzbekistanV Genprokurature Uzbekistana sostoyalas vstrecha glavi vedomstva Nigmatilli Yuldasheva s predsedatelem Sledstvennogo komiteta Rossii Aleksandrom Bastrikinim
Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Aleksandr Bastrikin hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi - Sputnik O‘zbekiston
V Genprokurature Uzbekistana sostoyalas vstrecha glavi vedomstva Nigmatilli Yuldasheva s predsedatelem Sledstvennogo komiteta Rossii Aleksandrom Bastrikinim

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjatlarning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilg‘or tajriba almashish orqali ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Rossiya delegatsiyasining tashrifi shakllangan sermahsul aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam ekanligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0