Aleksey Muxin
Neft bozoridagi narxlarining pasayishi Rossiyaga qarshi yangi bosimlarni keltirib chiqardi.
Saudiya Arabistoni shoshilinch ravishda neft qazib olish hajmi yanada oshirilishini (bu safar - sutkasiga 13 million barrelgacha), AQSH esa - Rossiya kompaniyalariga bosimni oshirish yoʻllarini izlab koʻrishini eʼlon qildi. Natijada, koʻtarilayotgan neft narxi va rubl yana qadrsizlandi.
Ar-Riyod va Vashington neft narxlari va valyuta kursi bilan aniq maqsadni koʻzlagan holda manipulyatsiya qilib, shantaj yoʻli bilan Moskvani global energiya bozoridan siqib chiqarishga va Rossiyaning oʻzida siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, OPEK+ bitimining buzilishi, saudiyaliklar mamlakatimizga qoʻygan ultimatumdan boshlangan edi. Davlatimiz manfaatlariga zid boʻlgan - neft ishlab chiqarish hajmini yanada qisqartirish boʻyicha talablar ilgari surilgan edi. Aslida, bu shantaj edi: yo siz bizning shartlarimizni bajarasiz, yoki biz bozorni qulatamiz.
Rossiya ultimatumni qabul qilishdan bosh tortgach, Saudiya Arabistoni darhol ishlab chiqarishni kuniga 12,3 million barrelga oshirishini eʼlon qildi va bu aynan shu holat bozorni qulatdi.
Rossiya, koronavirus taʼsiri tufayli, talabga oʻrta muddatli bosim mavjudligini hisobga olgan holda sheriklar bilan murosa qilishga tayyor edi. Ammo shantaj Rossiya uchun aslo nomaqbul. Rossiyaga shantaj oʻtmaydi.
Rossiya uch yil avval bozorni barqarorlashtirish uchun kelishuvga rozi boʻlgan edi. Muayyan nuqtada, ushbu bitim ijobiy rol oʻynadi ham. Ammo kelishuvning keyingi uzaytirilishi, shunga olib kelgandiki, biz saudiyaliklar bilan birgalikda bozordan arzonroq neftni chiqarib tashlab, uni qimmatroq turadigan amerika slanets nefti bilan almashtirardik. OPEK+ ishlab chiqarishidagi pasayish butunlay (va juda tez) Amerika ishlab chiqarishining oʻsishi bilan qoplandi (2016 yilda slanets sanoati bankrot boʻlish arafasida turganiga qaramay). Bir vaqtlar saudiyaliklar rossiyalik muzokarachilar (Energetika vazirligi)ni shartnomani uzaytirish zarurligiga ishontirishgan edi. Bu Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining IPO (yaʼni aktsiyalarni joylashtirish)sini qoʻllab-quvvatlash uchun kerak boʻlgan. Natijada bitim uzaytirildi va IPO muvaffaqiyatli yakunlandi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni Saudi Aramco kompaniyasining aktsiyalari narxini qoʻllab-quvvatlash kafolatlariga koʻra investorlarga foizsiz kreditlar taqdim etdi (eslash kerakki, bitim amalga oshirilmaganligi sababli aktsiyalar oʻn foizga tushdi, shundan soʻng savdo toʻxtatilgan).
Shartnoma amalda boʻlganida, Saudiya Arabistonining byudjet taqchilligi 2016 yildagi YAIMning 12,9 foizidan 2019 yilda YAIMning 3,8 foizigacha tushdi (IHS Markit maʼlumotlariga koʻra). Infratuzilma, turizm va inson kapitaliga yirik sarmoyalar kiritish orqali neftga qaramlikni kamaytirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish boʻyicha strategik dastur ishga tushirildi.
Biroq, OPEK+ bitimining amal qilishi davomida Amerikaning slanets ishlab chiqarishi yana ijobiy tomonga koʻtarildi. Eksport infratuzilmasini yaratish tugallandi. Gʻarbiy agentliklar fikriga koʻra, OPEK+ ishlab chiqarishni cheklash AQShning slanets ishlab chiqaruvchilari uchun bir necha marotaba najot omili boʻlib, ularga pasayishda omon qolish va keyin oʻsishga qaytish imkonini berdi.
Citigroup tahlilchilari 2023 yilga kelib Permian eng yirik neft konida qazib olish 60 foizga oʻsishini taxmin qilishgan edi. Va ushbu basseynning oʻzi, Saudiya Arabistonidan tashqari, barcha OPEK aʼzolariga qaraganda koʻproq neft berishi kerak edi.
AQSH va saudiyaliklarning ushbu barcha yutuqlari Rossiyaning OPEK+ bitimida ishtiroki tufayli roʻy bergan edi. Nima uchun aynan hozir ushbu ultimatum ilgari surildi? Saudiya Arabistonining xatti-harakatlaridagi keskin burilish nafaqat Vashington bilan kelishilgan, balki toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmadir. Amerika maʼmuriyati rasmiylarining koʻp sonli bayonotlarigina emas, balki moliya vaziri Mnuchin tomonidan Rossiya elchisining chaqirib olinishi va misli koʻrilmagan daʼvo qilinishi shundan dalolat beradi. Mnuchin Rossiya elchisidan Rossiya bozorlarni barqarorlashtirish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi kerakligini, yaʼni saudiyaliklar shartlari asosidagi bitimga qaytishini ochiq talab qilgan edi. Shu bilan birga, nimagadir hech kim Amerika moliya vazirligiga Saudiya Arabistoni elchisini chaqirmadi.
Bu yerda bir necha marotaba OPEKni javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgan Tramp bayonotlarini eslash oʻrinli. Bundan tashqari, Amerika prezidenti oʻzini 2018 yilda yoʻqdan paydo boʻlib qolgan NOPEC qonuni "Neft ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar kartellariga yoʻq" qonuni tarafdori, deb atardi. Shu bilan birga, Mnuchin oldiga chaqirilish, aslida, Rossiyani kartel bitimiga qaytishga majburlashga urinishdir.
Taxmin qilish mumkinki, Saudiya arabistonlik birodarlar ultimatum qoʻyib, Rossiya rad javobini berishga jurʼat etmasligiga amin edi. Nafaqat bozor/iqtisodiy, balki siyosiy sabablarga koʻra ham. Ular Rossiya rahbariyati eng muhim konstitutsiyaviy tuzatishlarni qabul qilish jarayoni fonida, neft narxining pasayishi va rublga boʻladigan bosim tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-siyosiy beqarorlik tahdidi ostida Rossiya bitimdan bosh tortmaydi, deb hisoblashgan va bunga amin boʻlishgan.
Shantajning maʼnosi nimada? YO siz Amerika slanets neftini subsidiyalashda davom etasiz, yoki biz bozorni qulatamiz va bu nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Saudiyaliklar bu yerda Amerika manfaatlarining toʻgʻridan-toʻgʻri lobbistlari sifatida ish koʻrmoqda, AQSH esa ushbu holatda ichki siyosiy jarayondan bosim oʻtkazish vositasi sifatida foydalanib, Rossiyaning ichki siyosatiga deyarli ochiqchasiga aralashmoqda.
Mnuchinning reaktsiyasi jazavani eslatadi. Bugungi kunga qadar, saudiyaliklar ham, yaqin vaqtgacha AQSH iqtisodiy oʻsishining drayverlaridan biri boʻlgan Amerika slanets sanoati ham saylovlar poygasida Trampning qoʻlidagi kuzir kartalaridan biri boʻlgan edi va hozirdaham oʻta zaif holatda. Ular uchun "slanets inqilobi" slanets falokatiga aylanishi bilan tahdid qilmoqda. Wall Street Journal taʼkidlashicha, "qarzdorlikka botgan oʻnlab kompaniyalar, shu jumladan, Chesapeake Energy Corp. va Whiting Petroleum Corp. kompaniyalari, neft narxlari tushguniga qadar ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishgan. Endi ularning aktsiyalari jadal pasaymoqda, soha yetakchilarida kapitallashtirish 30-50% ga kamaydi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, 2014 yilda narxlar keskin tushishi bilan bogʻliq vaziyatdan farqli oʻlaroq, AQSH moliya sektori hozirda slanets neft kompaniyalariga yordam bermaydi, chunki u past dividendlar tufayli ushbu sohaga qiziqishni yoʻqotgan. Kichik kompaniyalar esa haddan tashqari koʻp kreditlar tufayli ommaviy bankrotlikka duch kelish xavfi ostida.
Hozirda AQSH maʼmuriyati slanets ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash choralarini muhokama qilmoqda, ammo bunday choralar Amerikadagi iqtisodiy va siyosiy sohadagi yirik vakillarning jiddiy qarshiligiga duch kelmoqda. Oʻz navbatida, Saudiya Arabistoni juda jiddiy byudjet taqchilligiga duch kelishi mumkin, bu nafaqat shahzoda Muhammadning ambitsiyali islohotlariga chek qoʻyishi, balki mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Aksariyat Gʻarb ekspertlari bu vaziyatdan saudiyaliklarga qaraganda Rossiyaning gʻalaba bilan chiqishi ehtimoli koʻp, deb hisoblashmoqda. Biroq, bu bir necha kun yoki hatto bir necha oyga choʻziladigan ham masala emas, Saudiya tomoni konstruktiv muloqotga qaytmasa, albatta.
Rossiya ham oʻz navbatida bunday muloqotga tayyor.