Rossiya va Turkiya Idlib bo‘yicha ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi

© Sputnik / Mikhail Alaeddin / Mediabankka o‘tishTrassa M5 Damask-Aleppo v rayone poseleniya Maaret-Numan provinsii Idlib v Sirii
Trassa M5 Damask-Aleppo v rayone poseleniya Maaret-Numan provinsii Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiya va Turkiya Idlibga oid muzokaralarda aksariyat masalalar bo‘yicha kelishib olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiya va Turkiya Idlibga oid muzokaralarda aksariyat masalalar bo‘yicha kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“Idlibda harbiylarimizning bo‘lib turishi davom etadi, ularni olib chiqib ketish haqida gap bormayapti”, - deya turk vaziri so‘zlaridan iqtibos keltirgan NTV telekanali.

Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Turkiyaga Suriyada qo‘shimcha yordam taqdim etishi mumkin

Idlibdagi vaziyat 27-fevraldan keyin “Hayat Tahrir ash-Shosh”* terrorchilari suriya armiyasi pozitsiyalariga yirik ko‘lamli bosqinni amalga oshirganidan so‘ng keskin tus olgan edi. Hukumat qo‘shinlari tomonidan javob zarbasi berilgan. Rossiya Mudofaa qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, zarbaga jangarilar bilan birga u yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turk qo‘shinlari ham duch kelganlar. 36 nafar turk askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Bunga javoban Anqara Suriya shimoliy-g‘arbida “Bahor qalqoni” deb ataluvchi yangi harbiy amaliyotni boshlab yubordi.

Rossiya Idlibdagi vaziyat keskinlashuvining asosiy sabablaridan biri sifatida Anqaraning 2018-yil 17-sentabrdagi rus-turk memorandumining asosiy majburiyati bajarmagani, jumladan, Turkiya hukumati bilan muloqot qilishga tayyor qurolli muxolifatni terrorchilardan ajratib ololmaganligini ma’lum qildi.

Beshinchi mart kuni Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdog‘anning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldilar. Shuningdek, Moskva va Anqara M-4 avtomagistrali bo‘ylab, uning shimoliy va janubidan olti kilometr masofada xavfsizlik yo‘lagini tashkil qilishga kelishib oldilar. 2018-yilgi Sochi memorandumiga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0