Dunyoda

Rossiyada dollar kursi yana koʻtarildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы: yevro i dollarы
Denejnыe kupyurы: yevro i dollarы - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva birjasi maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada dollar kursi 74 rubldan oshdi. Rubl 2016 yildagi salbiy koʻrsatkichini yangiladi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. 2016 yil mart oyidan beri dollar kursi birinchi marta 74 rubl chizigʻini kesib oʻtdi. Buni Moskva birja maʼlumotlari tasdiqlab turibdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tablo kursa dollara, yevro, rublya i tenge na obmennom byuro v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻizistonda dollar keskin koʻtarildi

Savdolar boshidan AQSH valyutasi 0,87 rublga koʻtarilib, 73,82 rublni tashkil qildi. Yevro esa 1,14 rublga oshdi va 83,29 rublni tashkil qildi.

Kuni kecha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi eʼlon qilinganidan keyin rubl toʻrt yillik salbiy koʻrsatkichini yangiladi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 114 ta mamlakatda umumiy infektsiyalangan soni 125800 kishini tashkil etgan, 4615 kishi vafot etgan.

Shuningdek, OPEK + bitimi qulaganidan keyin neft narxining pasayishi valyuta bozoriga taʼsir qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala