SSV koronavirus tarqalgani haqidagi audioxabarga raddiya berdi

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniyaZdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana
Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelganligi to‘g‘risidagi tarqalgan audioxabar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rad etildi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelganligi to‘g‘risidagi tarqalgan audioxabar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rad etildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi orqali ma’lum qilindi.

Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yuboradi

Shuningdek, Olmaliq shahrida virus tufayli 17 nafar fuqaroning vafot etganligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yopiq yig‘ilish o‘tkazilganligi haqidagi audixabarda aytilgan faktlar ham mutlaqo yolg‘on va asossiz ekanligi ta’kidlandi.

“Takror bo‘lsa-da, aytib o‘tish lozimki, dunyodagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon qat’iy nazoratga olingan” –  deyiladi vazirlik xabarida.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga virus kirib kelganligi, Olmaliqda ushbu virusdan fuqarolar vafot etotgani va Sog‘liqni saqlash vazirligida bu bo‘yicha yopiq yig‘ilish o‘tkazilgani haqida ayol kishi tomonidan audioxabar tarqatilgan edi.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15-yanvaridan ayni paytga qadar mamlakat bo‘yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolardan 5082 nafarida hech qanday infeksiya alomatlari aniqlanmaganligi uchun kuzatuvdan chiqarilgan, 2214 nafar fuqarolarda esa tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0