TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. UFC rahbari Dana Uayt koronavirus tarqalishi tufayli aprel oyida Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi bekor qilinishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga mem bilan munosabat bildirdi.
Uayt Instagram’da joylashtirilgan memda kishi jang bekor qilinishi mumkinligi tufayli xavotir olayotgani aks etgan.
Dana White posted this. It's over 😂😂😂 pic.twitter.com/r74jrxVm2y
— UFCStats💭 (@TheUFCStats) March 11, 2020
Bundan avval Dana Uayt koronavirus epidemiyasi aprelda oʻtkazish rejalashtirilgan UFC-249 musobaqasiga tahdid solmaydi, deb aytgandi.
Nurmagomedov va Fergyuson jangi Nyu-Yorkda 18 aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Nurmagomedov 28 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. Fergyuson esa 25 jangda gʻalaba qozonib, uch marta magʻlubiyat alamini tortgan.