Qurol ishlab chiqarish uchun kimdan litsenziya olish kerak?

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRabota Klimovskogo spetsializirovannogo patronnogo zavoda
Rabota Klimovskogo spetsializirovannogo patronnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarish faoliyatini Milliy Gvardiya litsenziyalaydi - Huquqiy axborot.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Joriy yilning 11-mart kuni Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi hukumat nizomi tasdiqlandi. Bu haqda ”Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda. 

Unga ko‘ra, fuqaroviy va xizmat quroli yoki uning o‘qdorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash yoki realizatsiya qilish faoliyatini Milliy gvardiya litsenziyalaydi. Litsenziyalarning amal qilish muddati cheksiz bo‘lib, talabgorlar ariza bilan murojaat qilgan taqdirda ularga litsenziya berilishi mumkin.

Bunda da’vogarlar arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun 892 ming so‘m miqdorda to‘lov to‘laydi. Litsenziya olgach, yana 2 mln 230 ming so‘m miqdorda davlat boji ham to‘laydi.  

Litsenziya yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi, uning talablari va shartlariga rioya etilishini ham Milliy gvardiya nazorat qilib boradi.

 

Yangiliklar lentasi
0