Afg‘onistonda mojaro yuz bersa, Markaziy Osiyo davlatlari qanday siyosat yuritadi - ekspert

Obuna bo‘lish
Rossiyaning Afg‘onistondagi sobiq elchisi, MGIMOning Sharqiy Osiyo va ShHT tadqiqotlar markazi yetakchi limiy xodimi Mixail Konarovskiy Afg‘onistondagi vaziyat Markaziy Osiyoga qanday ta’sir o‘tkazayotgani haqida so‘zladi.

Ekspert Sputnik Tojikiston radiosi bilan suhbatda Markaziy Osiyo afg‘on mojarosida ODKBga ko‘z tikadi, deya qayd etdi.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Nega Afg‘oniston AQSh uchun qopqonga aylandi?

"Afg‘onistonda hukumat inqirozi davom etar ekan, AQSh esa toliblar bilan imzolangan bitimdan so‘ng o‘z qo‘shinlarini olib chiqar ekan, mamlakatda mojaro birdaniga avj olishi xavfi saqlanib qoladi. Markaziy Osiyo respublikalari hukumatlari qo‘shnilarda yuz berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishmoqda. Ular o‘zlarining odatiy tashqi siyosiy kurslari doirasida afg‘on sahnasida jiddiy o‘yinchilarning hammasi bilan bir vaqtning o‘zida murosaga borish yo‘llarini qidirishadi. Shu bois, Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashmas ekan, Markaziy Osiyo respublikalari juda egiluvchan, ehtiyotkor va pragmatik siyosatni olib boradilar", - dedi Konarovskiy.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, mamlakat chegaralarida harbiy mojaro yuz beradigan taqdirda, Markaziy osiyo mamlakatlari Rossiya va ODKBdan yordam olishga umid bog‘laydilar.

"Besh davlatdan uchtasi ODKB a’zosidir, shu bois, chegarada ziddiyat yuz bersa, ularning barchasi, ayniqsa, Tojikiston, ODKBga ko‘z tikadi. Shu bilan birga, ittifoq a’zolari bo‘lmagan O‘zbekiston va hatto Turkmaniston ham yordamdan umid qiladi. Axir ularning Rossiya bilan ikkiyoqlama harbiy kelishuvi bor", - deya izoh beradi diplomat.

Yangiliklar lentasi
0