Jamiyat

Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi UzAuto Motors faoliyatini tanqid qildi

© Press-slujba UzAuto MotorsUzAuto Motors nachnet vыpuskat mashinы v novыx tsvetax
UzAuto Motors nachnet vыpuskat mashinы v novыx tsvetax - Sputnik Oʻzbekiston
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi "UzAuto Motors" tomonidan avtomobil narxlari oshirishi naqadar asoslanganini tekshiradi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi “UzAuto Motors” AJ tomonidan narxlarning oshirilishi boʻyicha oʻz bayonotini eʼlon qildi.

Qoʻmita xabarida aytilishiga qaraganda, UzAuto Motorsga davlat tomonidan koʻplab imtiyozlar berilishiga qaramasdan, kompaniya ulardan samarali foydalanmagan, mahsulot tannarxi faqat 2%ga pasaytirishga erishilgan.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
UzAuto Motors avtomobil narxlarini nega oshirganini izohladi

Ikkinchidan, kompaniyaning ichki bozordagi narxlari tashqi bozordagi narxlaridan 20-50 %gacha qimmat. Solishtirish uchun:  “AvtoVAZ” AJ mahsulotlarining ichki bozordagi narxlari Oʻzbekiston hududidagi narxlaridan 30-40 %ga arzon.

Uchinchidan, kompaniya tomonidan isteʼmolchilar huquqlari suisteʼmol qilinishi holatlari koʻplab uchrayotgani va yuqori segmentdagi avtomobillarni respublikaga import qilishda kompaniya monopoliya ustuvorligiga egaligi qayd etilgan.

Ushbu va boshqa omillarni hisobga olgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomobillar narxlari oshirilishi qay darajada iqtisodiy asoslanganligini va adolatli shakllanganligi aniqlash uchun korxonaning tadbirkorlik faoliyatini tekshirishga qaror qilgan. Ayni damda ushbu tekshirishni oʻtkazishga ruxsat olish ishlari amalga oshirilmoqda, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala