Qurilish vaqtida Ohangaron yoʻliga olib boruvchi Maxtumquli koʻchasi toʻsib qoʻyilgan, biroq haydovchilar iltimosiga koʻra yana harakatlanish uchun ochildi.
Koʻprik qoʻrilishida boshqa ishlar yakunlanmoqda. Obʼyekt respublikada yagona hisoblanadi.
Birinchi qavat – bu Parkent va Ohangaron yoʻllarini bogʻlaydigan uzunligi 500 metr boʻlgan oltita qatorli tunnel;
Ikkinchi qavat - diametri 329,2 metr boʻlgan aylanma yoʻl oʻtkazgich;
Uchinchi - Maxtumquli koʻchasini “Sharqiy” aeroporti bilan bogʻlaydigan oltita qatorli estakada.
Koʻprikda harakatlanish svetoforsiz boʻladi.
Yangi obʼyekt haqida Sputnik Oʻzbekiston video lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.