Parranda, cho‘chqa va yangi. O‘tgan pandemiya nimani o‘rgatdi

© AP Photo / Lee Jin-manProfilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule
Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusning yangi 2019-nCoV turi 114 mamlakatga tarqalib, pandemiyaga sabab bo‘ldi. Insoniyat cho‘chqa va parranda grippidan, SARSdan xulosa chiqarish imkoniga ega edi.

TOShKENT, 13 mar - Sputnik, Sofiya Melnichuk. Koronavirusning yangi 2019-nCoV turi 114 mamlakatga tarqalib, pandemiyaga sabab bo‘ldi. Bu XXI asrda birinchi global epidemiya emas. Insoniyat cho‘chqa va parranda grippidan, SARSdan xulosa chiqarish imkoniga ega edi. Ammo hozirgi vaziyatda istiqbollar umidsizroq. Tarihdagi pandemiyalar haqida RIA Novosti materialida

Shezlongi na plyaje ostrova Velassaru (Maldivi). - Sputnik O‘zbekiston
Karantin o‘tkazish uchun dunyoda birinchi hashamatli kurort ochildi

Xitoydan Amerikaga

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, virus dunyo bo‘ylab tarqalib ko‘pchilik odamlarda unga qarshi immunitetga bo‘lmagan taqdirda pandemiyani e’lon qiladi. "Yaqin kunlar va haftalarda biz kasallanishlarlar, o‘limlar va ta’sirlangan mamlakatlar sonining ko‘payishini kutmoqdamiz", - dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 11-mart kuniga ushbu virusdan 4291 kishi vafot etgan, 118 ming kishi kasallangan.

Epidemiya markazi - Xitoyda - hamma narsa pasaya boshladi. 10-mart kuni u yerda 19 ta xolat, 9-mart kuni esa 40ta holat qayd etildi. Bundan tashqari, keksa xitoyliklar ham davolanmoqda: 100 yoshli Uxan fuqarosi tuzalib ketdi.

Glava administratsii Gonkonga Kerri Lam v meditsinskoy maske na press-konferensii  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni Uxanga amerika harbiylari olib kelgan bo‘lishi mumkin - Xitoy TIV

Ammo boshqa mamlakatlarda vaziyat yomonlashmoqda: birinchi navbatda gap Italiya, AQSh va Eron haqida ketmoqda. O‘lim darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Apennin yarim orolida: u yerda yuqtirganning har yigirmanchisi vafot etmoqda. Birinchi holatlar Turkiya va Gondurasda aniqlandi, Belgiya, Shvetsiya, Irlandiya, Bolgariya va Indoneziyada birinchi o‘lim holatlari ro‘y berdi.

Kelajak uchun dars

O‘n yil oldin, dunyo allaqachon pandemiyaga duch kelgan edi. Cho‘chqa grippi yoki "meksikanka" H1N1virusi bo‘lib, ilgari odamlarda uchramagan. Birinchi bemorlarga kasallangan cho‘chqalardan yuqtirgan - bu Meksikada 2009-yil bahorining boshida ro‘y berdi va rasmiylar ushbu kasallikni mavsumiy gripp deb hisoblashgan. Ammo virus AQShning janubiy shtatlarida tez tarqaldi.

May oyida 5,5 mingga yaqin amerikalik kasal bo‘lgan, Meksikada - 3,5 mingdan ortiq, Kanadada - 496. Xitoyda faqat oltita, Rossiyada esa bitta ham kasallanmagan.

Iyun oyida JSST XXI asrda birinchi pandemiyani e’lon qildi: shu vaqtga qadar 74 mamlakatda 30 mingta tashxis tasdiqlandi. "Virusni endi odamdan odamga zanjir kabi tarqalishini kuzatish imkoni endi yo‘q. Infeksiyaning keyinchalik tarqalishi muqarrar", - deb tan olgan JSST bosh direktori doktor Margaret Chen.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalistika universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi

OAV "qo‘rquv pandemiyasi" haqida jar solgan. Ular hatto Xalqaro fazo stansiyasiga virusning kirib kelish ehtimolini muhokama qilishdi.

Ko‘pincha keksa odamlar vafot etadigan yangi koronavirusdan farqli o‘laroq, cho‘chqa grippi qurbonlarining 80 foizi 65 yoshgacha. Oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish va epidemiologik nazorat qilish borasida muammolar mavjud mamlakatlar ayniqsa jabr ko‘rdi. Shu bilan birga, JSST to‘g‘ri pishirilgan cho‘chqa go‘shti sog‘liq uchun zararli emasligini ta’kidladi.

Hatto G‘arbiy Yevropa  ham epidemiyaga qarshi tura olmadi. Logistika, vaksinalarni ishlab chiqish va "oldingi qatordagi" shifokorlar bilan o‘zaro aloqada qiyinchiliklar yuzaga keldi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2009-yilda 18 449 kishi cho‘chqa grippidan vafot etgan (Rossiyada 3122 kishi kasal bo‘lgan, 14 kishi vafot etgan). Biroq, keyinchalik bu natijalar shubha ostiga qo‘yildi. Shunda, PLOS Medicine jurnali pandemiya grippi 203 ming kishining hayotiga zomin bo‘lganligini ta’kidladi.

"Meksikanka"ning iqtisodiy oqibatlari ham og‘ir edi. Jahon sayyohlik sohasi 2,2 milliard dollar yo‘qotdi. Bundan tashqari, ko‘plab mamlakatlar cho‘chqa go‘shtini olib kirishni taqiqlashdi, ammo ekspertlar, shu jumladan, BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun buni asossiz deb hisoblashdi.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
SSV koronavirus tarqalgani haqidagi audioxabarga raddiya berdi

Shu bilan birga, havo qatnovi cheklanmadi. Rossiyaliklar o‘z tashabbusi bilan, masalan Ispaniyaga uchishni rad etishdi, ammo TIVning hech qanday rasmiy tavsiyalari bo‘lmagan.

O‘n yil oldin JSST dunyo "gripp pandemiyasi va har qanday global uzoq muddatli va sog‘liqni saqlash uchun favqulodda vaziyatlarga tayyor emas"ligini ta’kidlagan edi.

Pandemiyadan pandemiyagacha

Asr boshi SARS (atipik pnevmoniya) bilan ham esda qoldi. 2002-yil noyabridan 2003-yil iyuligacha 774 kishi vafot etdi va kasallanganlarning umumiy soni 8096 ni tashkil etdi. Keyinchalik Osiyoda H5N1 virusi tomonidan qo‘zg‘atilgan parranda grippi avj oldi, u uy parrandalarini qirgan. Virus turli hayvonlar orasida tarqalgan va odamlarga yuqqan. 2003-yildan 2009-yilgacha dunyoning 16 mamlakatida 262 kishi ushbu kasallikdan vafot etdi.

Voyennoslujashix paradnix raschetov na voyennom parade, posvashennom 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
Moskva koronavirusdan qo‘rqmaydi – G‘alaba paradi o‘tkaziladi

Pandemiya o‘tgan asrda, har bir necha o‘n yillikda bir ro‘y berdi.

1957-1958 yillarda va undan keyin 1968-yilda butun dunyo bo‘ylab "Osiyo" grippining ikki to‘lqini ko‘tarilib, birdan to‘rt milliongacha odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Ammo eng xavfli epidemiya 1918-1919 yillarda bo‘lgan.

Ispaniya grippi yoki "Ispanka"ni A/H1N1 virusi keltirib chiqardi. Aslida u Ispaniyadan emas, aksincha aynan shu mamlakatda birinchi qurbonlar haqida xabar berilgan. Virus Indokitayda paydo bulgan, u yerdan esa AQShga o‘tgan, Kanzas shtatida esa avj oldi deb xisoblanadi. Birinchi Jahon urushi paytida askarlar va ishchilar bilan birgalikda infeksiya Yevropaga ko‘chib o‘tdi.

Antisanitariya sharoitida, yomon ovqatlanish va okopda yashash sharoiti tufayli kasallik armiyada tez tarqaldi. Urush tugagach, demobilizatsiya qilinganlar infeksiyani butun Yevropaga tarqatdi va dengiz orqali u boshqa qit’alarga ham tarqaldi.

Braziliya, Fransiya va AQShning Tinch okeanidagi yetishish qiyin hududlari qattiq karantin choralari tufayli "ispanka"ni oldini olishga muvaffaq bo‘lindi - tashqi dunyo bilan hech qanday aloqa. Avstraliya ham uzoq vaqt karantinda bo‘ldi.

"Ispanka" tarixdagi eng halokatli kasallikdir: ikki yil ichida undan 20 dan 50 milliongacha odam nobud bo‘ldi va dunyo aholisining uchdan bir qismi - 500 million kishi kasal bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0