Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPoyezd AO "Uzbekiston temir yullari" Tashkent - Urgench
Poyezd AO Uzbekiston temir yullari Tashkent - Urgench - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Joriy yilning mart oyi yakuniga qadar Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Regioni Rossii. Vladimirskaya oblast - Sputnik O‘zbekiston
Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishlardagi 556/555-raqamli qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Harakat jadvaliga ko‘ra, Toshkent – Urganch yo‘nalishida harakatlanadigan 556-raqamli yo‘lovchi poyezdi joriy yilning 20-23 mart kunlari soat 14: 40 da "Toshkent-Janubiy" temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.

Urganch – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 555-raqamli yo‘lovchi poyezdi esa 22-24 mart kunlari soat 11:26 da Urganch temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi.

Yangiliklar lentasi
0