Turkiya Idlibdan og‘ir qurollarni qaytarishdan bosh tortdi

© AP PhotoTanki tureskoy armii v provinsii Idlib
Tanki tureskoy armii v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Idlibdan og‘ir qurollarni qaytarishdan bosh tortdi. Mart boshida Rossiya va Turkiya prezidentlari Moskvadagi olti soatlik muzokaralardan so‘ng Idlib provinsiyasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olishgandi.

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Turk qo‘shinlari Idlibdagi kuzatuv punktlaridan og‘ir qurollarni olib chiqmaydilar. Bu haqda RIA Novosti Turkiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Trassa M5 Damask-Aleppo v rayone poseleniya Maaret-Numan provinsii Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Turkiya Idlib bo‘yicha ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi

Idlibda vaziyat 27-fevral kuni Xayat Tahrir ash-Shom* terrorchilari Suriya hukumat kuchlari pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum uyushtirganidan keyin keskinlashdi. SAR armiyasi bunga javoban zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turk harbiylari ham o‘qqa tutilgan. Natijada Turkiya armiyasining 36 askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohatlandi.

Jarohatlangan turk harbiylari to‘g‘risida ma’lumot olgandan so‘ng, Rossiya tomoni Suriya qo‘shinlari tomonidan o‘t ochishni to‘liq to‘htatish choralarini ko‘rdi va o‘lgan va yarador turk harbiylarini Turkiyaga xavfsiz evakuatsiya qilinishi ta’minlandi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Rossiya harbiy-kosmik kuchlari bu hududda ishlatilmaganligini ta’kidladi.

5 mart kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari Moskvadagi olti soatlik muzokaralardan so‘ng Idlib provinsiyasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Rossiya va Turkiya, shuningdek, ilgari tuzilgan kelishuvlarga: 2017-yildagi deeskalatsiya hududlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga va 2018-yilgi Sochi memorandumiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0