Bahodir Qurbonov Tojikistonda oʻtkaziladigan spetsnaz mashgʻulotlariga keladi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaMinistr oboronы general-mayor Baxodir Kurbanov
Ministr oboronы general-mayor Baxodir Kurbanov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston va Tojikiston Harbiy Kuchlarining maxsus kuchlari boʻlinmalari Dushanbe yaqinida qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazmoqda

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov 14 mart kuni Tojikistondagi "Faxrobod" harbiy poligoniga keladi. U yerda Oʻzbekiston va Tojikiston maxsus qoʻshinlarining qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda, deb xabar qildi "InfoSHOS".

Patrioticheskiy rolik - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Oʻzbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy idoralari rahbarlari — Sherali Mirzo va Bahodir Qurbonov — mashgʻulotlarning faol ishtirokchilariga esdalik sovgʻalarini topshiradilar. Sal keyin vazirlar mamlakatlar oʻrtasida harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Eslatib oʻtamiz, Dushanbedan 30 kilometr janubroqda joylashgan "Faxrobod" poligonida boʻlib oʻtayotgan mashgʻulotlarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi spetsnaz qoʻshinlari rotasi va Tojikiston Qurolli kuchlarining uch rota maxsus qoʻshinlari qatnashmoqda.

Harbiylar mashgʻulotlar davomida ikki davlat chegarasini buzib oʻtgan shartli terrorchi guruhlarni zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va oʻqotar qurollar yordamida yakson qilishni rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0