Rasman: 1995 yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi. Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi Qonun prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Biz mehmon emas, fuqaro qabul qilamiz” - deputat Oʻzbekiston pasporti berilishi haqida

Qonunga muvofiq, 1995 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan oʻtgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan prezident huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Jumladan, Komissiya Oʻzbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni koʻrib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala