Oziq-ovqat mahsulotlarida tanqislik bo‘lmaydi, deb ishontirdi soliq qo‘mitasi rahbari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev karantin vaqtida O‘zbekistonda bozorlar yopilmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Lechenie patsiyentov v sentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi ilk koronavirus to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

"Eng muhimi, birinchi navbatda, vahimaga tushmaslik. O‘tgan ikki oy davomida biror bir mahsulotga narx oshdimi? Yoki narx oshishiga biror omil ta’sir qildimi? Hech qanday ta’sir bo‘lgani yo‘q. Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi. Shukrona qilib aytishimiz kerak, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini-o‘zini ta’minlay oladigan mamlakat. Go‘sht mahsuloti bo‘ladimi, poliz mahsulotimi, hamma mahsulotlar hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak. Odamlarimiz vahimaga tushmaslik uchun aytmoqchimanki, hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib boriladi. Nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham. Birorta bozor, birorta savdo do‘koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bozorlarimiz juda ham to‘kin-sochin", — degan Musayev.

Tanqislik bo‘lmaydi: O‘zbekistonda oziq-ovqat yarmarkalari ishga tushiriladi >>>

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bemorlanish ilk holati qayd etilganidan so‘ng, bugun, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan edi.

Yangiliklar lentasi
0