Koronavirusni davolashda xavf tug‘diradigan dorilar qaysiligi aytildi

© REUTERS / CDCSvetnoe izobrajenie koronavirusa
Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Virusga qarshi ayrim preparatlarni qabul qilish, agar koronavirus qonda mavjud bo‘lgan taqdirda, kishi salomatligini yomonlashtirishi mumkin

TOShKENT, 15 mar— Sputnik. Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran koronavirus bilan bemorlangan shaxslar uchun ayrim dori preparatlarini iste’mol qilish xavfliligi haqida bayonot berdi. Bu haqda Veran Twitterda yozib qoldirgan.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli O‘zbekistonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar

Fransiya sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, agar koronavirusni yuqtirgan bemor yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, u holda bu uning salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Ibuprofen va kortizon kasallikni yanada og‘irlashtirishi mumkin, deya ta’kidlaydi Veran.

"Temperaturani tushirish uchun, paratsetamol qabul qilgan ma’qul", - deya tushuntiradi Veran.

U shuningdek, biron bir savol tug‘ilganda yoki shubha paydo bo‘lganida shifokorlar bilan maslahatlashish zarurligini qo‘shimcha qilgan.

Fransiyada koronavirusga chalinganlik bilan bog‘liq 4 469ta holat qayd etilgan, 91 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0